372
Imtiyoz –
ma‘lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki
to‗liq) ozod etish, ma‘lum bir afzalliklarga (qulayliklarga) ega bo‗lish,
masalan, soliq imtiyoziga.
Ijara (lizing) to„lovi
– ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara
(lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga)
to‗laydigan summa;
Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi
–
buxgalteriya
hisobi
to‗g‗risidagi
qonun
hujjatlariga
muvofiq
aniqlanadigan ijara (lizing) to‗lovi summasi bilan ijara (lizing)
obyektining qiymatini qoplash summasi o‗rtasidagi farq ko‗rinishidagi
ijara (lizing) to‗lovining bir qismi;
Insonparvarlik yordami
– aholining ijtimoiy jihatdan nochor
guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‗rsatish, ijtimoiy soha
muassasalarini qo‗llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va
halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda
vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq
maqsadli beg‗araz ko‗maklashish. Insonparvarlik yordami dori
vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq iste‘moli
tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va
texnika, shuningdek‚ ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan
ishlar va xizmatlar, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini
tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi hamda
O‗zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli tashkilotlar
orqali taqsimlanadi;
Dostları ilə paylaş: