Grant — davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el
hukumatiga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek‚ O‗zbekiston
Respublikasi Hukumati belgilaydigan ro‗yxatga kiritilgan xalqaro va
chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan O‗zbekiston Respublikasiga,
O‗zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‗zini-o‗zi
boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg‗araz asosda
beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo‗lmagan shaxslar tomonidan O‗zbekiston Respublikasiga hamda
O‗zbekiston Respublikasi Hukumatiga beg‗araz asosda beriladigan
mol-mulk.
Davlat byudjeti daromadlari – o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar
hamda soliqsiz boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va
boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga
berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros
olish, hadya etish huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tgan pul
mablag‗lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ xorijiy
davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-
yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini
qaytarish hisobiga berilgan to‗lovlar; 6) qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti – davlat pul mablag‗larining (shu jumladan,
davlat maqsadli jamg‗armalarining) markazlashtirilgan fondi bo‗lib,
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek‚
moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‗lar
sarfi yo‗nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Davlat ichki qarzlari – davlat tomonidan ichki mablag‗ni jalb
qilish natijasida paydo bo‗lgan hukumat majburiyatlarining yig‗indisi.