Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Byudjet subvensiyasi – 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda ma‘lum maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan 
quyi byudjetga tekingi (beg‗araz) ajratiladigan pul mablag‗lari. 
Byudjet tashkilotlari
– Davlat byudjetida unga zimmasiga 
yuklatilgan 
vazifalarni 
bajarish 
bilan 
bog‗liq 
faoliyatni 
moliyalashtirishning asosiy manbai bo‗lgan byudjetdan mablag‗ 
ajratish nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‗mitasi, idora, davlat 
tashkiloti. 
Byudjeti taqchilligi (defitsiti, kamomadi) –
muayyan davrda
 
byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo‗lgan summasi. 
Byudjet transferti
– byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga 
bevosita yoki vakolotli organ orqali haq olmay (tekinga) ajratiladigan 
pul mablag‗lari. 
Boqimanda – 
belgilangan muddatda o‗tkazilmagan va so‗zsiz un-
dirilishi lozim bo‗lgan soliq yoki boshqa majburiy to‗lovning summasi. 
Bojlar – 
iste‘mol soliqlarining tarkibiga kiradi. Ularning maqsadi 
daromad olish bo‗lmasdan, balki ichki bozorni, milliy sanoatni va 
qishloq xo‗jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy siyosatining 
dastagi sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan tovarlarning 


367 
bahosi bilan ichki bozordagi xuddi shunga o‗xshash tovarlarning 
bahosini tenglashtirish lozim. 
Bojlarning stavkalari – 
hukumat tomonidan o‗rnatilib, yagona 
hisoblanadi va chegaradan tovarlarni olib o‗tuvchi shaxslarga bog‗liq 
bo‗lmagan holda o‗zarmasdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni operativ 
ravishda tartibga solishning dastagi bo‗lib xizmat qiladi. Ularning 
quyidagi turlari bo‗lishi mumkin:
a) advalor stavkalar (boj undiriladigan tovarning boj qiymatiga 
nisbatan foizda o‗rnatiladi); 
b) maxsus stavkalar (boj undiriladigan tovarning birligiga nisbatan 
aniqlanadi); 
v) aralash stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki varianti 
qo‗llaniladi). 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin