366
Balans foyda –
mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha xarajatlar
va chiqimlar hamda majburiy to‗lovlar chegirilganidan so‗nggi
korxona yalpi daromadining qismi. Balans
foyda soliqqa tortulguncha
qadar bo‗lgan yalpi foydadir.
Byudjet dotatsiyasi –
o‗z daromadlari va byudjet tomonidan
tartibga solinadigan barcha mablag‗lar
yetishmagan holda quyi
byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o‗rtasidagi farqni qoplash
uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga tekinga (beg‗araz)
ajratiladigan pul mablag‗lari.
Byudjet profitsiti –
muayyan davrda
byudjet daromadlarining
byudjet xarajatlaridan ortiq bo‗lgan summasi.
Byudjet ssudasi –
yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoki
respublika byudjetidan rezident – yuridik shaxsga yoki xorij davlatiga
qaytarish sharti blan ajratiladigan mablag‗.
Byudjet tizimi –
turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag‗lari
oluvchilar yig‗indisini, ularni tashkil etishni
va tuzish prinsiplarini,
shuningdek‚ byudjet jarayonida paydo bo‗ladigan ular o‗rtasida o‗zaro
munosabatlarni o‗zida ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: