Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Favqulodda 
holatlar
– taraflarning xohish-irodasi va 
harakatlariga bog‗liq bo‗lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko‗chkilar, 
bo‗ron, qurg‗oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki 
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat 
manfaatlarini ko‗zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) 
keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib 
bo‗lmaydigan va kutilmagan holatlar bo‗lib, qabul qilingan 
majburiyatlar shular tufayli bajarila olmaydi. 
Foizlar
– har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, 
shu jumladan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‗ozlar, 
shuningdek‚ depozit qo‗yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan 
olingan daromad. 
Yutuq
– 
lotereyalar, 
o‗yinlar, 
tanlovlar, 
musobaqalar 
(olimpiadalar), festivallar va shu kabi boshqa tadbirlarda olingan
natura holida yoki pulda ifodalangan to‗lovlar, sovrinlar va boshqa 
daromadlar.
 
Yakka tartibdagi tadbirkor - 
tadbirkorlik faoliyatini yuridik 
shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, xodimlarni yollash 
huquqisiz, o‗ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‗lgan mol-mulk 
negizida, shuningdek‚ mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan 
foydalanishga yo‗l qo‗yadigan o‗zga ashyoviy huquq asosida amalga 
oshiruvchi jismoniy shaxsdir. 
Yaqin qarindoshlar
– er-xotin, ota-ona, bolalar, tug‗ishgan hamda 
aka-uka va opa-singillar, bobolar, buvilar, nevaralar. 
O„zbekiston Respublikasi soliq to„lovchilarining yagona 
reyestri
– soliq to‗lovchilarga oid davlat ma‘lumotlar bazasi tizimi. 
Qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallar
– 
buyurtmachiga tegishli xomashyo va materiallar bo‗lib, buyurtmachi 
ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida 
qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot 
keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin