Jismoniy shaxslar


Ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish
– ishlarni bajarish (xiz-
matlar ko‗rsatish) joyidan qat‘i nazar, O‗zbekiston Respublikasining 
yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki 
jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko‗rsatish; 
Yig„imlar – 
qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va 
shartlarda to‗lovchilar tomonidan mahalliy byudjetlarga yoki 
byudjetdan tashqari jamg‗armalarga o‗tkaziladigan majburiy badallar. 
Ularning tarkibiga ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va 
ayrim turdagi xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun yig‗im, Respublika 
yo‗l jamg‗armasiga yig‗imlar kiradi.
Kvotativ soliqlar – 
daromad yoki mulk qiymatining puldagi 
ifodasiga nisbatan stavkasi foizlarda o‗rnatiladigan soliqlar. 
Kredit tashkilotlari
– tegishli litsenziyaga ega bo‗lgan banklar, 
mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari. 


373 
Kurs bo„yicha farq
– milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi 
kursining o‗zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga 
oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq. 
Kameral nazorat – 
soliq to‗lovchi tomonidan belgilangan tartibda 
taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek‚ soliq 
to‗lovchining faoliyati to‗g‗risida davlat soliq xizmati organidagi 
mavjud boshqa hujjatlarni o‗rganish hamda tahlil etish asosida amalga 
oshiriladigan nazorat. 
Moddiy xarajatlar – 
xomashyo va asosiy materiallar, yordamchi 
materillar, yoqilg‗i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat. Moddiy 
resurslarning qiymati ularni sotib olish bahosi (qo‗shilgan qiymat 
solig‗isiz), ta‘minot va tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to‗lanadigan 
ustamalar, komission mukofotlar, boj to‗lovlari, tovarlar birjasining 
xizmat qiymatlari, tashish, saqlash va yetkazib berish haqlarining 
yig‗indisidan tashkil topadi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin