Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 


424 
4-ilova
 
 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 
sentyabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to„lash tartibini 
yanada takomillashtirishga yo„naltirilgan normativ-huquqiy 
hujjatlarni tasdiqlash to„g„risida”gi 252-son qarori bilan 
tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to„lash tartibi 
to„g„risida” Nizomning 1-Ilovasi
 
Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar 
RO„YXATI 
1941 yil 22 iyundan 1945 yil 9 maygacha Ikkinchi jahon urushi 
(keyingi o‗rinlarda Ikkinchi jahon urushi deb yuritiladi) va boshqa 
urushlar davrida harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, 
shtablar va muassasalarda xizmatni o‗tagan, shuningdek, O‗zbekiston 
Respublikasini himoya qilishda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‗g‗risida»gi O‗zbekiston 
Respublikasi Qonunining 28-moddasi ―j‖ bandiga muvofiq pensiya-
larga ustama pul olishga haqli bo‗lgan urush qatnashchilari 
hisoblanadilar. 
Quyidagilar urush qatnashchilariga tenglashtiriladilar: 
a) 1941 yilning 22 iyunidan 1954 yilning 31 dekabrigacha bo‗lgan 
davrda qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni himoya qiluvchi 
otryadlar tarkibida sobiq SSSR hududida jangovar harakatlarda ishtirok 
etgan shaxslar; 
b) Ikkinchi jahon urushi va fuqarolar urushi davrida partizan 
otryadlari va qo‗shilmalarida yoki yashirin ishlarda bo‗lgan shaxslar; 
v) Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki 
harakatlar ketayotgan joylarda xizmatni o‗tagan sobiq SSSRning Ichki 
ishlar vazirligi organlari va Davlat xavfsizligi qo‗mitasi organlarining 
boshliqlar hamda oddiy xodimlar tarkibidan bo‗lgan shaxslar; 
g) Ikkinchi jahon urushi davrida harakatdagi armiya va flotlar 
tarkibidagi qismlar hamda bo‗linmalarda balog‗at yoshiga etgunga 
qadar polk o‗g‗illari va yungalar sifatida yurgan shaxslar; 
d) Ikkinchi jahon urushi davrida temir yo‗llarning front yaqinidagi 
uchastkalarida, mudofaa chizig‗i inshootlarida ishlagan, harbiy-dengiz 


425 
bazalari, aerodromlar hamda harbiy harakatlar ketayotgan joylardagi 
boshqa harbiy obyektlar qurilishi ishlarida qatnashgan xodimlar; 
e) harakatdagi armiya tarkibida ishlagan yollanma xodimlar 
tarkibidan bo‗lgan shaxslar; 
j) Ikkinchi jahon urushi davrida fashist konslagerlari (getto va 
zo‗rlik bilan ushlab turiladigan boshqa joylar)da bo‗lgan (tutqunlar, shu 
jumladan, bolalar) shaxslar; 
z) Leningrad shahri qamali davrida shaharning korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlarida mehnat qilgan va «Leningrad mudofaasi 
uchun» medali hamda «Qamaldagi Leningrad fuqarosiga» nishoni 
bilan taqdirlangan shaxslar; 
i) 1956 yilning 24 oktyabridan 1956 yilning 10 noyabrigacha 
bo‗lgan davrda Vengriya hududidagi jangovar harakatlar davrida 
harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o‗tagan harbiy 
xizmatchilar; 
k) harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda o‗z baynalmilal 
burchlarini ado etgan, tinchlik o‗rnatuvchi kuchlar tarkibida ishtirok 
etgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati 
organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‗lgan shaxslar. 


426 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin