427
d) harakatdagi armiya tarkibidagi ishlarda yaralanish, kontuziya
olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron bo‗lib qolgan
yollangan tarkibdagi shaxslar;
e) Ikkinchi jahon urushi davrida fashist konslagerlarida (getto va
zo‗rlik bilan tutib turiladigan boshqa joylarda) bo‗lgan davrda
yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida
nogiron bo‗lib qolgan shaxslar (tutqunlar, shu jumladan, bolalar);
j) tinchlik o‗rnatuvchi kuchlar tarkibida qatnashish, shuningdek,
harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda
baynalmilal burchlarini
ado etish tufayli yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki
kasallanish tufayli nogiron bo‗lib qolgan harbiy xizmatchilar,
ichki
ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy
xodimlar tarkibidan bo‗lgan shaxslar;
z) harbiy xizmatdagi vazifalarini (xizmat vazifalarini) bajarish
paytida yaralanish, kontuziya olish,
mayiblanish va kasallanish
natijasida nogiron bo‗lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar
organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy xodimlar
tarkibidan bo‗lgan shaxslar;
i) o‗quv mashg‗ulotlari yoki tekshirish uchun yig‗inlarga chaqiril-
gan va shu yig‗inlarda o‗z xizmat burchlarini bajarayotib yaralanish,
kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron bo‗lib
qolgan harbiy majburiyatli shaxslar.