Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
5-VAZIYAT 
Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib 
tashlanadigan imtiyoz qo‗llanilgan holda JSHDS hisob-kitobi.
Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 850 000 
so‗mdan haq to‗langan, yil boshidan daromad 5 550 000 so‗mni (1 850 
000 x 3) tashkil qiladi. 


124 
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu 
imtiyozga ega bo‗lgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan 
ikki va undan ortiq bolalari bo‗lgan yolg‗iz onalar) jami daromadidan 
har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi. 
Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz: 
5 550 000 – 516 720 x 4 = 3 483 120 so‗mga teng. 
16,5% lik stavka bo‗yicha soliq solinadigan daromad summasini 
hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz: 
155 016 + (3 483 120 – 2 583 600) x 16,5% = 303 436,8 so‗m. 
Yanvar-fevral oylarida 202 291,2 so‗m JSHDS ushlab qolingan. 
Mart oyidagi soliq summasi 101 145,6 so‗mga (303 436,8 – 202 291,2) 
teng. 
SHJBPHga majburiy badallar summasi 59 328 so‗mni ((3 483 120 
– 516 720) x 2%) tashkil etadi. 
Yanvar-fevral oylarida SHJBPHga 39 552 so‗m o‗tkazilgan, mart 
oyida ajratmalar 19 776 so‗mni (59 328 – 39 552) tashkil qiladi. 
Byudjetga 81 369,6 so‗m (101 145,6 – 19 776) JSHDS o‗tkaziladi. 
Majburiy sug‗urta badallari 148 000 so‗mni (1 850 000 x 8%) 
tashkil etadi. 
Xodim qo‗liga 1 600 854,4 so‗m (1 850 000 – 101 145,6 – 148 
800) ish haqi oladi. 
 
6-VAZIYAT 
Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JSHDS 
hisob-kitobi. 
Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 265 000 
so‗mdan haq to‗langan. Yanvar oyida unga farzandi tug‗ilganligi 
munosabati bilan 2 200 000 so‗m moddiy yordam berilgan. Xodimning 
yil boshidan daromadi 5 995 000 so‗mni (1 265 000 x 3 + 2 200 000) 
tashkil qiladi. 
Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-xatboshilariga 
ko‗ra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda 
beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan 
xodimning oila a‘zolariga yoki oila a‘zosi vafot etganligi munosabati 
bilan xodimga beriladigan to‗lovlar; xodimga mehnatda mayib 
bo‗lganlik, kasb kasalligi yoxud sog‗liqqa boshqacha shikast etganligi 
bilan bog‗liq to‗lovlar; bola tug‗ilishi, xodim yoki uning farzandlari 
nikohdan o‗tishi munosabati bilan beriladigan to‗lovlar; qishloq 


125 
xo‗jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag‗lar 
berish tarzidagi to‗lovlarga JSHDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-
moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida 
amal qilgan EKIH qo‗llaniladi (172 240 x 12 = 2 066 880 so‗m). 
Soliq solinadigan daromad 3 928 120 so‗mga (5 995 000 – 2 066 
880) teng. 
16,5%lik stavka bo‗yicha soliq solinadigan daromad summasini 
hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz: 
155 016 + (3 928 120 – 2 583 600) x 16,5% = 376 861,8 so‗m. 
Yanvar-fevral oylarida 258 562,8 so‗m JSHDS ushlab qolingan. 
Mart oyidagi soliq summasi 118 299 so‗mga (376 861,8 – 258 562,8) 
teng. 
SHJBPHga majburiy badallar summasi 68 228 so‗mni ((3 928 120 
– 516 720) x 2%) tashkil etadi. 
Yanvar-fevral oylarida SHJBPHga 46 372,8 so‗m o‗tkazilgan, 
mart oyida ajratmalar 21 855,2 so‗mni (68 228 – 46 372,8) tashkil 
qiladi. 
Mart oyi uchun byudjetga 96 443,8 so‗m (118 299 – 21 855,2) 
JSHDS o‗tkaziladi. 
Majburiy sug‗urta badallari 101 200 so‗mni (1 265 000 x 8%) 
tashkil etadi. 
Xodim qo‗liga 1 045 501 so‗m (1 265 000 – 118 299 – 101 200) 
ish haqi oladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin