126
16,5%lik stavka bo‗yicha soliq solinadigan daromad summasini
hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:
155 016 + (4 666 560 – 2 583 600) x 16,5% = 498 704,4 so‗m.
Yanvar-fevral oylarida 374 630,4 so‗m JSHDS ushlab qolingan.
Mart oyidagi soliq summasi 124 074 so‗mga (498 704,4 – 374 630,4)
teng.
Yanvar–mart oylari uchun SHJBPHga
majburiy badallar summasi
82 996,8 so‗mga ((4 666 560 – 516 720) x 2%) teng.
Yanvar-fevral oylarida SHJBPHga 60 441,6 so‗m o‗tkazilgan,
mart oyida ajratmalar 22 555,2 so‗mni (82 996,8 – 60 441,6)
tashkil
qiladi.
Byudjetga 101 518,8 so‗m (124 074 – 22 555,2)
JSHDS
o‗tkaziladi.
Mart oyi uchun majburiy sug‗urta badallari 104 000 so‗mni (1 300
000 x 8%) tashkil etadi.
Xodim qo‗liga 1 071 926 so‗m (1 300 000 – 124 074 – 104 000)
ish haqi oladi.
8-VAZIYAT
Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan
EKIHning 4 baravariga
teng summani chegirish, moddiy yordam va
qimmatbaho sovg‗a olinganda) JSHDS hisob-kitobi.
Soliq kodeksining 180-moddasiga ko‗ra imtiyozga haqli bo‗lgan
xodimga yanvar–mart oylarida oyiga 1 300 000 so‗mdan
ish haqi
to‗langan. Yanvar oyida unga nikohdan o‗tishi munosabati bilan 2 300
000 so‗m moddiy yordam ko‗rsatilgan va 1 500 000 so‗mlik qiymatga
ega sovg‗a topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 7 700 000
so‗mni (1 300 000 x 3 + 2 300 000 + 1 500 000) tashkil qiladi.
Quyidagilarga muvofiq:
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish
huquqiga ega bo‗lgan xodimning soliq
solinadigan daromadidan har
oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (516 720 x 4 = 2 066 880
so‗m) chiqarib tashlanadi;
Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil
davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240 x 12 = 2 066 880
so‗m) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS
solinmaydi;
127
Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga ko‗ra
yuridik
shaxslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 x 6 = 1
033 440 so‗m) miqdorigacha olingan sovg‗alarning qiymatiga JSHDS
solinmaydi.
Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:
3 900 000 – 2 066 880 + 2 300 000 – 2 066 880 + 1 500 000 – 1
033 440 = 2 532 800 so‗m.
Olingan daromadga 7,5%lik stavka bo‗yicha soliq solinadi:
(2 532 800 – 516 720) x 7,5% = 151 206 so‗m.
Yanvar-fevral oylarida 136 238,4 so‗m JSHDS ushlab qolingan.
Mart oyidagi soliq summasi 14 967,6 so‗mga (151 206 – 136 238,4)
teng.
SHJBPHga majburiy badallar summasi 40 321,6 so‗mni ((2 532
800 – 516 720) x 2%) tashkil etadi.
Yanvar-fevral oylarida SHJBPHga 31 545,6 so‗m o‗tkazilgan,
mart oyida ajratmalar 8 776 so‗mni (40 321,6 – 31 545,6) tashkil
qiladi.
Byudjetga 6 191,6 so‗m (14 967,6 – 8 776) soliq o‗tkaziladi.
Majburiy sug‗urta badallari 104 000 so‗mni (1 300 000 x 8%)
tashkil etadi.
Xodim qo‗liga 1 181 032,4 so‗m (1 300 000 – 14 967,6 – 104 000)
oladi.
Dostları ilə paylaş: