Soliq imtiyozlari Quyidagilarning mulkida bо‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:
1) «О‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bо‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
Mazkur imtiyoz tegishincha «О‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi tо‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bо‘yicha bо‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
. 2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bо‘yicha bо‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bо‘lgan huquqi tо‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) sobiq SSSRni, О‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bо‘lganligi oqibatida yoxud frontda bо‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bо‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari).
Ushbu imtiyoz «Halok bо‘lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» yoki «Ichki ishlar organlari halok bо‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)», «О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi halok bо‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» shtampi qо‘yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Agar mazkur shaxslar pensioner bо‘lmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qо‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, О‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qо‘mitasining tegishli organlari va harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining halok bо‘lganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi.
Tegishincha sobiq SSSRni, О‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi va О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoxud frontda bо‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bо‘lgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan о‘tmagan taqdirda beriladi.
4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan tо‘liq uzib qо‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari о‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan tо‘liq uzib qо‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish tо‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida taqdim etiladi.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bо‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
1) о‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironligi bо‘lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Ushbu moddada kо‘rsatib о‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bо‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bо‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga kо‘ra faqat bitta yashash uchun mо‘ljallangan kо‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 4-bandida kо‘rsatilgan shaxslar mustasno.