Soliqni hisoblab chiqarish va tо‘lash tartibi Soliqni hisoblab chiqarish soliq tо‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Soliq summasi mol-mulkning 1 yanvardagi holatiga kо‘ra bо‘lgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bir necha mulkdorlarining umumiy ulushli mulki bо‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda tо‘lanadi.
Mol-mulkka bо‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga о‘tgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bо‘lgan mulk huquqini yо‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran tо‘lanadi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bо‘yicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan oydan e’tiboran tо‘lanadi.
Meros bо‘yicha о‘tgan mol-mulk uchun soliq merosxо‘rda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran tо‘lanadi.
Soliq solish obyekti yо‘q qilingan, vayron bо‘lgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yо‘q qilingan, vayron bо‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yо‘q qilinganlik, vayron bо‘lganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bо‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga bо‘lgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
Soliqni tо‘lash tо‘g‘risidagi tо‘lov xabarnomasi soliq organlari tomonidan soliq tо‘lovchilarga imzo qо‘ydirilgan holda yoki tо‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 martdan kechiktirmay topshiriladi.
Soliq davri uchun soliqni tо‘lash teng ulushlarda 15 aprelga va 15 oktabrga qadar amalga oshiriladi.