Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i


Soliq stavkalari. Soliq davri



Yüklə 22,15 Kb.
səhifə3/4
tarix27.04.2023
ölçüsü22,15 Kb.
#103301
1   2   3   4
8.жисмоний мол мулк солиғи

Soliq stavkalari. Soliq davri
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq solish obyektlari

Soliq stavkalari (foizlarda)

1.

Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (bundan umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bо‘lganlari mustasno), kо‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bо‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar

0,23

2.

Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:







200 kv.m dan va 500 kv.m ga qadar bо‘lganlari

0,3




500 kv.m dan ortiq bо‘lganlari

0,4

3.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bо‘lgan uy-joylar
va kvartiralar, dala hovli imoratlari

0,3

4.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mо‘ljallangan, yashash uchun mо‘ljallanmagan kо‘chmas mulk obyektlari

2

Kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan rо‘yxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qо‘llaniladi.


Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari о‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bо‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar kо‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari bо‘yicha tо‘lanadi.
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mо‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Bо‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mо‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yо‘li bilan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan ta’sir choralari qо‘llanilishi mumkin.
Kalendar yil soliq davridir.

Yüklə 22,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin