Jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug‘urtalash reja


III. Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish



Yüklə 28,25 Kb.
səhifə3/3
tarix24.05.2023
ölçüsü28,25 Kb.
#121421
1   2   3
Jismoniya

III. Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish
5. Yuridik shaxs tomonidan o‘z xodimi uchun uzoq muddatli hayot sug‘urtasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotlari summasi, jismoniy shaxsning soliqqa tortiladigan daromadi sifatida qaralmaydi.
6. Mustaqil ravishda mol-mulk sug‘urtasi va/yoki uzoq muddatli hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lagan jismoniy shaxslar, to‘langan sug‘urta mukofotlari summasini soliqqa tortiladigan daromadni hisoblashda asosiy ish joyi bo‘yicha yoki hisobot yili uchun yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yillik jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirishda, yillik jami daromaddan chegirish huquqiga ega.
7. Mol-mulk sug‘urtasi va/yoki uzoq muddatli hayot sug‘urtasi shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda va sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta mukofotining jami summasi yoki bir qismi sug‘urta qildiruvchiga qaytarilganda, agar sug‘urta qildiruvchiga avval ushbu Nizomga muvofiq imtiyozlar berilgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotini soliqqa tortiladigan daromadga kiritish maqsadida sug‘urta qildiruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga qaytarilgan sug‘urta mukofoti hajmi to‘g‘risida xabar beradi.
IV. Soliq to‘lovchilarning javobgarligi va soliq organlarining nazorati
8. Yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i va jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini qonunchilik asosida berilgan imtiyozlarni hisobga olgan holda to‘g‘ri hisoblanishi bo‘yicha javobgardirlar.
9. Soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yüklə 28,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin