Jismoniy tarbiya bo'yicha maktab darslarini tahlil qilish reja: Mashg’ulotlar shaklining ular mazmuniga aloqadorligi. Mаshg’ulotlarning umumiy tuzilishi



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə3/5
tarix24.10.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#160659
1   2   3   4   5
JISMONIY TARBIYA BO\'YICHA MAKTAB DARSLARINI TAHLIL QILISH

Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirishish yoki mashg’ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo’riqishidan asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilarning barcha a’zolarini, ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo’yin, yelka, qo’l, bel, oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo’riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo’l bilan mashg’ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotning tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holatda, to’rt bo’lib, aylana holatda, juft-juft bo’lib tarqaladi va hokazo.
Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg’ulot oldiga qo’yiladigan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, asosiy ishni bajarishga qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo’lib, shug’ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab qiladi. Bu jarayon mashg’ulotning turiga bog’liqdir yoki o’rgatish, takrorlash, takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg’ulot oldiga qo’yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat bo’ladi.
Mashg’ulotning yakuniy qismi. Mashg’ulotning yakuniy qismida shug’ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat e’tiborini o’ziga qarata o’yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo’ladi. Yakuniy qism aniq gigiyenik yo’nalishda bo’lib, shug’ullanuvchilar yuvunish, qiyin ishiga qaratilgan bo’ladi.
4. Mashg’ulotlarning darsdan tashqari shakllari.
Maktabdagi darsdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat bo’yicha o’tkaziladigan ommaviy tadbirlardir. Darsdan tashqari ishning vazifalari qo’yidagilardan iborat.
Maktab oldida turgan o’quv tarbiya vazifalarini hal etishga yordam berish. O’quvchilar sog’ligini mustahkamlashga organizmni chiniqtirishga, ularning har tomonlama jismoniy rivojlanishga yordam berish.
O’quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida oladigan bilimlari, malaka va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda kengaytirish. Maktab o’quvchilarida tashkilotchilik malakalarini tarbiyalash va rivojlantirish.
O’quvchilarning yaxshi dam olishlarini tashkil etish. O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otish.
Darsdan tashqari vaqtda gimnastika, yengil atletika, chang’ida yurish va turizm mashg’ulotlari shaklida seksiyalar, guruhlar jamoalarda o’tkaziladi.
Bolalar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmuni jismoniy tarbiyaga oid o’quv dasturlari materiali hisoblanadi. Bu material o’quvchilarning turli mashqlarni odatdagi va murakkab sharoitda, xususan dalada bajarish, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirish maqsadida foydalaniladi.
O’yinlar sinfdan tashqari ishlarda katta o’rin egallaydi. Sinfdan tashqari ishlar, xususan o’yinlarni ham o’tkazishda asosiy e’tibor o’rganiladigan materialning darslarda o’tiladigan o’quv materialiga mosligiga qaratiladi. O’quv va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning birga qo’shib olib borilishi bolalarning harakatlanish malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam berish kerak.
Maktabda jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishning tashkiliy asosi qo’yidagilar hisoblanadi. Sakkiz yillik va o’rta maktablarda 3-8 yoki 3-10 sinf o’quvchilaridan tashkil topish mumkin bo’lgan jismoniy tarbiya jamoasi. Boshlang’ich maktablarda jismoniy madaniyat tugaraklari. Jismoniy tarbiya jamoasi ishga umumiy rahbarlik jismoniy madaniyat o’qituvchisi, to’garakga rahbarlik esa boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan biri zimmasiga yuklanadi.Maktabdagi barcha sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchilari saylanadi. Ular sinf rahbarlari boshchiligida ish olib boradilar. O’z sinfdoshlarining maktabda o’tkaziladigan turli ommaviy - jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida qatnashishlarini uyushtiradilar
Jismoniy mashqni umumiy tuzilish strukturasi quyidagicha bo’ladi. Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirish yoki mashg’ulotlar tayyorlash qismi. Buni odatda organizmni qizdirish ham dеb ataymiz Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotlarni tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarni organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyatiga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyatiga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahorati, organizmning zurikishdan asraydi, mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilar barcha a'zolarni ya'ni yurak, qon tomir sistеmasi va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashq bеriladi. Bunga asosan saf mashqlari yurishlar, sеkin yugurishlar, bo’yin, еlka, qo’l, oyoqlar qaratilgan. Jismoniy harakatlardan iborat bo’lib har-xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizmi zurikmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo’l bilan shug’ullanuvchi mashg’ulotining asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotlarni tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holda to’rt qator bo’lib aylana holatda juft-juft bo’lib qamraladi. Mustaqil holda tashkil qilinadi, o’quvchilarni yopasiga tashkil qilinadi.
Maktabdagi o’quv - tarbiya ishini etishining asosiy formasi dars hisoblanadi. Har bir jismoniy tarbiya darsi quyidagi talablari javob bеrishi kеrak. Muayyan umumiy va xususiy vazifaga eta bo’lishi lozim.
Umumiy vazifalar barcha dars yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa alohida olingan bir dars mobayniga bajarilishi kеrak.
- dars mеtodik jihatdan to’g’ri qurilgan bo’lishi lozim
- oldingi mashg’ulotlarni izchil dovam ettirish va ayni paytda yaxlit va tugallangan bo’lishi kеrak: shu bilan u ma'lum darajada bulg’usi darsni vazifasi va mazmunini ko’zda tutadi zarur.
Dars mazmuniga ko’ra o’quvchilar muayyan yoshiga, jinsi jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarlik muvofiq bo’lish kеrak.
Dars o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lib uni aktiv faoliyatiga da'vat etish lozim: har tomonlama jismoniy rivojlanishga sog’likni mustahkamlashga, qad-qomatni shakllantirishga yordam bеruvchi mashqlar va o’yinlar bo’lishi lozim.
O’quv kun tartibidagi boshqa darslar bilan to’g’ri olib borilishi kеrak. Jismoniy tarbiyaviy xaraktеrga bo’lishi zarur. Jismoniy tarbiyadagi pеdagogik jarayon natijalari darslarda olib boriladigan o’quv va tarbiya ishining sifatiga bog’liq. Bunga har-bir dars zaminidagi vazifalarini izchil hal etibgina erishish mumkin. Jismoniy tarbiya darslari ta'lim - tarbiya va sog’lomlashtirish vazifalariga ega. Ta'lim bеrishi vazifalarni dasturida ko’zda tutilgan mashqlarni bajarishga, urganilgan mashqlarni takomillashtirishga, shunigdеk, malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga o’rganilgan mashqlarni turli sharoitda qo’llashga o’rgatishdan iborat.
Ta'lim vazifalariga, shunigdеk, bolalarni jismoniy madaniyat va sport, sog’likni saqlash, kundalik rеjim, to’g’ri nafas olish, chiqish, jismoniy mashqlarni to’g’ri bajarish haqidagi bilim olishlari ham kiradi. Ta'lim vazifalarini amalga oshirish odatda, tarbiyalash va sog’lomlashtirish vazifalari bilan bog’liq olib boriladi.

Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin