JISMONIY TARBIYA DARSINI PEDAGOGIK TAHLIL QILISH
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
2.1. Jismoniy tarbiya metodlarini tuzilish asoslari, nagruzka, dam olish jismoniy tarbiyaning asosiy tartibiy kismlari.
Xarakat faoliyatini tartiblashtirilgan usullari va xarakatni uzlashtirish yullari.
Jismoniy tarbiya jarayonida suz metodidan foydalanish.
Kurgazmalilik metodi.
Uyin metodiga xarakteristika.
Musobaka metodi, uning maxsus xususiyatlari va kurinishlari.
Kat’iy tartiblashtirilgan mashklar metodi:
a) uzluksiz va intervalli nagruzka rejimida standart takrorlash metodlari;
b) uzgaruvchan mashk metodi;
v) kombinatsiyalashtirilgan mashk metodi
III. XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR;
KIRISH
Jismoniy tarbiya jarayonida turlicha metodlar qo’llaniladi. Ular bilvosita yoki bevosita, hissiy qabul etish so’z orqali yoki ko’rgazmaliliq yoki amaliy harakat faoliyatidan foydalanishga asoslangandir. Jismoniy tarbiya metodlariga asosan amaliy harakat faoliyati kiradi, lekin birorta ta’lim tarbiyani so’z va ko’rgazmalilik metodlarga asoslanmasdan turib olib borib bo’lmaydi. Bu esa jismoniy tarbiya metodlari bilan bir qatorda shu jarayonga kiruvchi boshqa hamma metodlarni aks ettiradi.
Jismoniy tarbiya metodlarining muhim asoslaridan birini jismoniy yuqlanishni boshqarish va uni dam olish bilan almashtirish tarkibi tashkil etadi.
Jismoniy yuklanish - deb jismoniy mashqlarni organizmga ta’sir etuvchi hamda sodir bo’ladigan ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni yengish darajasiga aytiladi. Jismoniy yuklamaorganizmning ish potentsiali sarflanishi va charchash bilan bevosita bog’liq bo’lib charchash jismoniy yuklanishi bilan ifodalangan tiklanish jarayoni ro’y beradigan dam olish bilan bog’liqdir. Shunday qilib, jismoniy yuklamacharchash orqali ish qobiliyatini tiklash va oshirishga olib keladi.
Jismoniy yuklanishning samaradorligi uning hajmiga va shiddatiga ko’p proportsional.
Jismoniy yuklanishning hajmi deb ayrim mashqlarning ko’p vaqtli ta’sirchanligi shuningdek ma’lum bir vaqtda bajarilgan jismoniy ishlarning miqdoriy yig’indisiga aytiladi (ayrim mashg’ulot yoki uning bir qismi davomida, bir hafta va h.k.).
Jismoniy yuklanishning shiddati uning har bir momentdagi ta’sir kuchi, funktsiya kuchlanganligi, ta’sirning bir vaqtdagi qiymati bilan xarakterlanadi. SHiddat ko’rsatkichlari: harakatni tezligi, ishlarning quvvati, qarshiliklar og’irligi, shuningdek mashqlar bajarilishini tezligi va h.k. Jismoniy yuklanishning hajmi va
shiddati ko’rsatkichlari orasida teskari proportsional munosabat mavjud. Bundan shu narsa kelib chiqadiki ba’zi mashqlarni shidati qancha yuqori bo’lsa shunchalik hajm imkoniyati kam bo’ladi, va aksincha.
Jismoniy yuklama jismoniy tarbiyaning turli metodlarida standart, takrorlash mash^ metodi har bir vaqtida o’zining tashqi parametrlari bilan amaliy bir xil va o’zgaruvchan bo’ladi. Ikkala tipdagi jismoniy yuklanishlardan foyda charchash hosil qilgan bir faoliyatdan boshqa ikkinchi faoliyatga o’tish bo’lishi mumkin.
SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan etarli darajada xabardor bo‘lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.
Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o‘zi nima?
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |