82. S: “Boks” qoidasini birinchi bo‘lib kim yozgan?
J: “Boks” sport turi qoidasini birinchi bo‘lib, markiz “Kunsberri” yozgan.
83. C: Boks sport turidan musobaqalar qaerda o‘tkaziladi?
J: Boks sport turidan musobaqalar asosan usti berk binolarda maxsus ringlarda o‘tkaziladi.
84. S: “Boks” ringi to‘g‘risida nima bilasiz?
J: “Boks” ringi maxsus arqonlardan tashkil topgan kvadratni tashkil etadi, unga tortilgan arqonning yo‘g‘onligi 2,5 sm ringning o‘lchami 4 m 90 smdan 6 m 10 smgacha. Masalan ring o‘lchami 4 m 90 sm bo‘lsa barcha to‘rttala tomon ham bir xil o‘lchamda bo‘ladi. To‘rttala tomondan tortilgan maxsus tortmalar ringdan 50 sm uzoqlikda joylashadi. Ringning yerdan balandligi 90 sm. Birinchi arqon masofasi 40 sm, ikkinchi arqongacha 40 sm, uchinchi arqongacha 50 sm. Jami 130 sm.
Dostları ilə paylaş: |