Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari



Yüklə 20,79 Kb.
səhifə2/2
tarix22.10.2023
ölçüsü20,79 Kb.
#159779
1   2
1-amaliy

3) Jismoniy tarbiya darslarida o`quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyati. 
Umumiy ta`lim maktablari, kasb-unar va akademik litseylar, gimnaziyalar, 
kollejdlar, oliy o`quv yurtlari va boshqa ta`lim muassasalarida o`tkaziladigan 
jismoniy tarbiya dasrlarida jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulotlarida 
ishtirok etaetgan o`quvchilarning aoliyati boshariladi. 
O`quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashg`ulot davomida o`qituvchi 
rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini 
tushunamiz. 
Ta`lim-tarbiya jaraenida jismoniy tarbiya o`qituvchilari, o`quvchilar 
faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvarakayiga (frontal), uzluksiz-ulab, 
guruo`chalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish 
uslubiyatlari orali tashkillaydilar. 
O`quvchi faoliyatini tashkillashning frontal usuliyati deganda guruhdagi 
barcha o`quvchilarni birvarakayga o`qituvchi bilan birgalikda bir hil vazifani hal 
qilish uchun mashqni eppasiga bajarishi tushuniladi. Bu uslubiyatning azalligi 
mashqni bajarish uchun barcha o`quvchilarni teng qamrab olinishidir va ularni 
birvarakayiga band qilishi bulib, dars (mashg`ulot)da yuqori zichlikka erishiladi 
hamda yuklamani sur`ati, intensivligi va me`eri barcha uchun bir bulish-ligidadir. 
Bu uslubiyatdan asosan darsning tayerlov va yakunlov qism-larida, yangi
materialni uzlashtirish, takomillashtirish darslarida, ko`proq kichik eshdagi 
o`quvchilar bilan mashg`ulotlarda foydalaniladi. 
O`quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati. Mashqni bajarish 
navbatini tushuntirishlarsiz, uslubiy kursatma-larni harakatni bajarish ritmiga 
moslab, xatolarni tuzatish uchun guruhni to`xtatmay, yuqori zichlikka erishish 
maqsadida harakat faoliyatini to`la bajarish tarzida naomen buladi. Bu 
uslubiyatning afzalligi yuklama me`erini, uni xajmini, intensivligini guruhdagi 
barcha o`quvchi uchun (jismoniy tayergarligidan qat`iy nazar) bi hildi bulishligiga 
erishishdir. Bu bilan sinf, guruh o`quvchilari umumiy jismoniy tayergarligini
baholash, ayniqsa o`quvchilarning uzlari uchun tengdoshlariga nisbatan uz harakat 
imkoniyatlari darajasini taqqoslash, solishtirish imkoniyati yaratiladi.

4) Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o`qituvchi-pedagog qator talablarga rioya qilishi shart.
1. Rejalar xalq va hunar- texnika ta`limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me`yoriy hujjatlariga muvofiq bo`lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo`g`inlari uchun tuziladi. Hamma o`quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo`lishi lozim.
2. Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo`ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog`lomlashtirish samarasini bersa va shug`ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta`sir etsa, shunisiga keng yo`l ochib beriladi. O`rta Osiyo tabiiy iqlim sharoitida yillik dars soatlarining ko`proq qismini ochiq havodan o`tkazishni rejalashtirgan ma`qul.
3. Rejalashtirishga qo`yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma`lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak.
4. Reja amalga oshiriladigan bo`lishi kerak. Rejalashtirishda o`quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta`minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur. Shu shart va talablardan qaysi biri mavjud bo`lsa, o`quv dasturidan biroz chetlangan bo`lsa ham, shularni rejalashtirish zarur. Bu yerda ma`lumki, imkoni bo`lmagan materiallar soati imkoni borlarga beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har bir o`qituvchi ish jarayonida asta-sekinlik bilan shug`ullanuvchilarga sharoit va imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunday holatlar ko`pincha dastur bo`limiga yangi talablar kiritilganda bo`ladi.
5. Rejalashtirishning aniqligi o`rgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi.
Ko`p mashqlar ichidan eng zaruriysini, har tomonlama mukammal yoki pedagogik samaradorlikni ta`minlaydiganlari tanlab olinishi zarur.
Rejalarni tuzishdan oldin o`qituvchi zarur axborotlarni to`plab, tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborotlar o`quv materiallarini, manbalarni va ish shakllari, o`tish tartibini belgilab beradi. Har bir jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlarini yaxshilab o`rganishi kerak. Bu shuning uchun har bir sinf uchun, bu mashqlarni o`zlashtirib olishda vazifalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, dasturni o`rganishda o`quv materiallarining sinfdan-sinfga o`tadigan izchilligini ta`minlash imkonini beradi. O`quvchilar tarkibini, sog`ligi darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarligini o`rganish, bunday ma`lumotlarni hujjatlarni o`rganish orqali olish mumkin. Ayniqsa, o`quvchilar bilan suhbatlar boy ma`lumot beradi.
Jismoniy tarbiya bo`yicha o`tgan yillar davomida qilingan ishlar va maktabning moddiy bazasini hisobga olish, uni rivojlantirish va takomillashtirish yo`llarini aniqlash zarur. Maktab rahbariyati va pedagoglar jamoasining tarbiyaga bo`lgan munosabatini aniqlash uchun maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishish zarur.
Jismoniy tarbiya darslari bo`yicha o`quv rejasini tuzishda viloyat va tumanning ob-havo sharoitini o`rganish zarur. Ko`pincha bular bir-biridan farq qiladi.
Tuman va viloyatning ommaviy sport tadbirlarini kalendari bilan tanishish zarur. Bunday axborotlar o`qituvchiga dastur bo`limlarini nabatma-navbat o`tishini aniqlash uchun zarur. Yetakchi jismoniy mashqlar turlarini va ish shakllarini aniqlash uchun o`qituvchi maktab, aholi yashayotgan texnik sport va jismoniy tarbiyaga oid an`analarni o`rganadi, o`quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish yo`llarini belgilaydi.
O`z o`rnida shuni ta`kidlab o`tish kerakki, jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish ikki guruhga bo`linadi:
1. Davlat hujjatlari.
2. Davlat hujjatlari asosida o`qituvchi tuzgan hujjatlar.
Birinchi galda rejalashtirish ishlarida davlat hujjatlarini ko`rib chiqamiz: O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi standartlari (DTS) va o`quv dasturi.
O`quv dasturi “Jismoniy tarbiya” faniga yillik soatlarning hajmi belgilab berilgan.
Jismoniy tarbiya majmuasi maktabda “Alpomish” va “Barchinoy” jismoniy tarbiya bo`yi cha o`quv dasturlariga asoslanadi.
DTSlari o`quv dasturi “Jismoniy mashqlar, jismoniy hujjatlarini rivojlantirish uchun mashqlar, jismoniy jihatlarni rivojlantirish uchun mashqlar, fanlararo aloqa uzviylik talablari belgilab berilgan”.
“Dastur tayyorlashda birinchi navbatda jamiyatning sotsial (ijtimoiy) buyurtmasi, ya`ni jamiyat talab ehtiyojlari hisobga olinadi. Maktab bitiruvchilarining jismoniy tayyorgarligi talablari “Alpomish” va “Barchinoy” majmuida o`z aksini topgan, shuni yodda tutish kerakki, dastur alohida sport turlaridan iborat emas, shuning uchun dastur bo`limlaridagi vazifalarni bir marotabada, sharoit, imkoniyat hamda mavsumlarni hisobga olgan holda hal etib borish zarur”.33
Jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlari doimo takomillashib, vaqti bilan o`zgarib boradi. Maktab dasturining o`zgarish sabablariga quyidagilar kiradi:
-o`quv dasturida o`zgarishlar bo`lsa;
-o`quv sport bazasining birmuncha yaxshilanishi, fan yutuqlari va ilg`or tajribalarni o`quv jarayoniga qo`llash;
-o`quvchilar ma`lumotining oshishi, metodikaning takomillashganligi, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi;
- jismoniy tarbiyada yangi vazifalarning qo`yilishi izlanishga chaqiradi va yangi maqsadlarni hamda ish usullarini qo`llashni talab etadi.
DTS va o`quv dasturining uqtirish xatini sinchiklab o`qish zarur, chunki unda o`qituvchi uchun eng zarur va muhim ma`lumotlar mavjud. Biroq dastur qanday takomillashgan bo`lmasin, bu hujjat “jismoniy tarbiya” fanini maqsadini, o`quv materialini va mazmunini belgilovchi hujjatdir. Eng muhimi, uni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish zarur. Jismoniy tarbiyaning hamma shakl va turlari shunga qaratilgan. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini bilimdonlik bilan rejalashtirishi kerak.
O`qituvchilarning ko`p yillik tajribalari shuni ko`rsatadiki, jismoniy tarbiya darslaridan qo`yilgan vazifalarning samaradorligi tizimini tashkil etish zarur. Bu tizim qator rejalarni mantiqiy bir-biriga bog`lab, tugallangan hisoblanadi. Bularning har biri o`z funktsiyasiga ega. Bir butun olganda jismoniy tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq qilib tashkil etish imkonini beradi. Bu tizim quyidagi hujjatlarni o`z ichiga oladi:
a) yillik o`quv-tarbiya ishlarining reja-grafigi;
b) dastur materiallarini darslarga taqsimlash rejasi, ish reja va dars konspekti.
Yüklə 20,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin