Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari.
1) Metodlarni tanlashga umumiy talablar: ilmiy asoslanganligi; o‘qitishni qo‘yilgan vazifalariga ularning mosligi; o‘qitish printsplariga, o‘quv materialini o‘ziga xosligiga, o‘quvchilarning shaxsiy va guruhli tayyorligiga jismoniy madaniyat o‘qituvchisining (tarbiyachining) individual xususiyatlari va imkoniyatlariga, mashg‘ulotlar sharoitlariga mos kelishi. So‘z, ko‘rgazmalilik, o‘yin, musobaqa va aylanma trenirovka metodlaridan foydalanishni ahamiyati, so‘zning mazmuniy vazifasidan foydalanish metodikasi va jismoniy tarbiyada terminologiya muammosi, so‘zning emotsional vazifasidan foydalanish metodikasi. Ko‘rgazmali qabul qilish metodlari (uning ahamiyati, turlari va ularni qo‘llash metodikasi); o‘qitishning amaliy metodlari (o‘yin, musobaqa va qat`iy tartiblashtirilgan mashqlar metodlari); turli yoshdagi guruhlarda metodlardan foydalanishning ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
O‘yin metodi O‘yin metodining boshqa metodlardan farqi shundaki bu metod eng qadimgi zamondan beri kelayotgan metoddir. Ya’niy insonni madaniyati bilan birga rivojlanib kelgan. O‘yin metodi faqat voleybol, futbol, basketbol, qo‘l to‘pi bilan birga olib bormasdan jismoniy mashqlarning xammasida xam qo‘llaniladi. 37 O‘yin metodi orqali o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishi mumkin. o‘yin metodi biror maqsadga erishishda, o‘quvchilarni mustaqil shug‘ullanishini, talabchanligini shug‘ullanuvchilarning xulq atvorini va emotsional holatini shakllantirishda foydalaniladi. Bu metod yuklamani dozirovkasini chegaralashda foydalaniladi (mashg‘ulotlar o‘yin qoidasi bo‘yicha o‘tkaziladi). O‘yin metodi harakat faoliyatini takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Musobaqa metodi - bu xam o‘yin metodiga o‘xshash, lekin bu kichik, o‘rta va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida xam olib boriladi. (mashg‘ulotlar bolalar bog‘chasida, maktabda, ishlab chiqish korxonalarida). Musobaqa metodidan foydalanganda o‘kuvchilarning kuchini tekshirishimiz yoki yuqori natijaga erishishini ko‘rsatuvchi metoddir. Tanbex berish formasidagi pedagogik ta’sir etish shug‘ullanuvchilarda salbiy xis tug‘ular uygotib, yaramas ishlarni takrorlanishiga qarshilik ko‘rsatishga dv’vat etishi kerak. Agar shug‘ullanuvchilar tarbiyachining tanbex berishiga qarshilik bildirsalar, u xolda ularga nisbatan majbur etish va jazolash choralari qo‘llanilishi mumkin. 2.4. Aqliy tarbiya metodlari Jismoniy tarbiya prostessida muhokama yuritish shug‘ullanuvchilarni aniq fikrlashga, umumiy qoidalar xaqiqatlar ishlab chiqishga, xamda shularga muvofiq va jismoniy tarbiya soxasida muayyan tushunchalarni shakillantirishga o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya prostessida muhokama yuritish ko‘nikmasi asta-sekin bilan ortib boradi. Harakat amallariga o‘rgatishning dastlabki bosqichlarida o‘quvchilardan so‘rash ularning mustaqil ravishda kuzatishlari va taqqoslashlari orqali ularda muxokama yuritish malakasi xosil qilinadi. Shug‘ullanuvchilarda umumiy rivojlanish ortgan sari ulardagi harakat tajribalari va maxsus bilimlar boyib borgan sari, taxlil qilish, umumlashtirish, tanqidiy baho berish va boshqa metodlar hamda aqliy tarbiya usullaridan foydalaniladi. 38 2.5. Mulohaza va fikrlash metodlari Bu metodlarning asosini bajaradigan harakat faoliyatini o‘zicha fikrlash va muloxaza qilish tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya tizmida bajariladigan mashqning asosiy fazalarini o‘zicha fikrlash, tahlid qilish, ruhan bajarish katta ahamiyatga ega. Albatta shug‘ullanuvchilarning mustaqilligi ularning bilish faolligi asosan o‘qituvchi izohini tinglash bilan cheklanadi. Shug‘ullanuvchilar juda kam darajada o‘zlaricha tashabbus ko‘rsatadilar, juda kam mustaqil mulohaza yuritadilar. Shu sababli jismoniy tarbiya darsida og‘zaki tushuntirishdan keyin shug‘ullanuvchilarning mustaqil va amaliy faoliyatiga asoslangan turli xil mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2.6. Aylanma mashg‘ulot Aylanma mashg‘ulot kompleksiga asosiy va yordamchi sport gimnastikasi, sportning boshqa ba’zi turlaridan olingan, yaxshilab o‘rganilgan va texnik jihatdan uncha mrakkab bo‘lmagan harakatlar kiritiladi.
2) O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuniga ko`ra Davlat ta’lim standarti davlatning ta’lim sohasida o`z fuqarolari oldidagi va har bir
fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradigan asosiy
hujjatlardan biridir. Ta’lim-tarbiya muassasalarida ta’lim uzluksizligi davomida
tegishli saviyani ta’minlovchi Davlat ta’lim standarti har bir shaxsga ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy muammolarini hal etishga to`laqonli kirishish
imkoniyatini beradi. “Ta’lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” asosida ta’lim olish yo`llarining xilma-xilligi sharoitida har bir ta’lim
muassasasi “jismoniy tarbiya” maktab kursining maqsadi - o`quvchilarning
sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, jismoniy sifatlar va imkoniyatlarini
rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolatlovchi
shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir. Umumiy o`rta ta’lim uchun jismoniy
tarbiya bo`yicha Davlat ta’lim standarti “Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi
mazmuniga, o`quv yuklamasi hajmiga (o`quv rejasidagi o`quv soatlari), majburiy
jismoniy tayyorgarlik darajasiga (jismoniy sifatlarning rivojlanishi, harakat malaka
va ko`nikma-larining shakllanishi), sutka, hafta, yil davomidagi harakat rejimining
majburiy hajmiga; o`quvchilarning nazariy tayyorgarligiga (jimoniy tarbiya,
gigiyena, shifokor nazorati, sport tibbiyoti, o`z-o`zini nazorat va boshqalar)
qo`yiladigan talablar yig`indisini belgilab beradi. Mazkur standart o`quvchilarning
bilim, ko`nikma va malakalari, shuningdek, shaxsning asosiy ma’naviy, axloqiy va
jismoniy sifatlari doirasini tartibga soladi; o`quv-tarbiya jarayoniga miqdoriy va
sifat jihatdan baho berish tartibi va usullarini ko`rsatadi.
Jismoniy tarbiya ta’limining asosiy vazifalari: - jismoniy madaniyat
ta’limining darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini ta’minlash; - jismoniy
tarbiya mazmunining halqaro mezonlarga mosligini ta’minlash, jismoniy tarbiya va
sport sohasida o`quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko`ra jahon
darajasiga olib chiqish; - jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini tartibga solish; -
turli yo`nalishlarda jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini nazorat qilish va
boshqarish; - ta’limni insonparvarlashtirish; - jismoniy tarbiya ta’limi sifatini
oshirish. “Jismoniy tarbiya” maktab kursi maktabning o`quvchilar sog`lig`ini
saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish, hayotiy zarur
harakatlar malaka va ko`nikmalarini shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy
takomillashtirish istak va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida
ijobiy qiziqishlarni o`stirish faoliyatida asosiy bo`g`in hisoblanadi. Jismoniy
tarbiya va ta’lim maktab kursining tarkibi. “Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi
umumiy o`rta ta’limda quyidagilardan tarkib topadi: - jismoniy tarbiya darslari -
maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy shakli. Ularning miqdori tayanch
o`quv rejasida haftasiga 2 o`quv soati hisobidan belgilangan; - harakat
faoliyatining darsdan tashqari shakllari: darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika;
umumiy o`rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari uzaytirilgan
tanaffuslardagi dinamik pauzalar; ko`ngilochar o`yinlar; jismoniy mashq
mashg`ulotlarining sinfdan tashqari shakllari: - sport seksiyalari, fakultativlar,
o`quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to`garaklar va boshqalar; - umummaktab
tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo`yicha musobaqalar, spartakiadalar,
viktorinalar va boshqalar;
- mustaqil mashg`ulotlar: ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida;
BO`SM sport sho`balaridagi mashg`ulotlar, safarlar, o`yinlar va boshqalar.
Mashg`ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang`ich sinf
o`quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9-sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat harakat
rejimini ta’minlab berishi kerak. Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan
guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir.
Nosog`lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun
maxsus (individual-differentsial) rejim o`rnatiladi. Jismoniy tarbiya va ta’lim
mazmuni, metodik asosi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tasdiqlangan jismoniy tarbiya dasturi bilan belgilab berilgan.
“Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni pedagoglardan
maktabda ishlash uchun jismoniy tarbiyaning asosi nimalardan iboratligi, uning
mazmuni, tashkil qilinishini, bolalarni harakatga o`rgatish bilishni talab qiladi”.
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta sekinlik
bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga
va vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya darslari ta’lim
borish (o`qitish), tarbiyalash va sag’lomlashtirish jismoniy tarbiya jarayonining
umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq “Tanishtirish”,
“O`zlashtirish”, “mustahkamlash”, “Takomillashtirish”dek mazmunga ega bo`lgan
xususiy vazifalarni qo`yish va uni hal qilishni nazarda tutadi.