Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan 1 - kurs (Sirtqi) va maxsus sirtqi Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1 - mustaqil topshiriq.
1, 2, 3, 4 va 5 - mavzularni diqqat bilan o‘qib chiqing.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani dars ishlanmasi tuzilishini, dars qisimlari, ularning mazmuni va vazifalarini o‘qib o‘rganing.
Siz yashaydigan manzilga yaqin joyda joylashgan maktabgacha ta’lim muassasiga borib jismoniy mаshg‘ulot jarayonini kuzating.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining istalgan yosh guruhlari uchun 1soatlik jismoniy mаshg‘ulot ishlanmasi tuzing.
O‘tilgan mavzular bo‘yicha olgan bilimlaringizni amalda qo‘llagan holda mаshg‘ulot o‘tkazing, har bir amalga oshirgan ishingizni suratga oling va taqdimot tayyorlab platformaga joylang va izohlab bering.
Mustaqil o‘rganish va topshiriqlarni bajarish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar:
D.N.Raxmatova, L.Z.Xolmurodov, L.B.Sobirova. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. “O‘zbek kitob savdo” nashriyoti, 2020
Bobomurodov A.E. jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (jismoniy sifatlarni umumiy tasnifi). “O‘zbek kitob savdo” nashriyoti”, 2020
B.B.Ma`murov. Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi; Тоshkent: “Turon zamin ziyo” nashriyoti, 2014.y 228 b.
1, 2, 3, 4 va 5 - mavzularni diqqat bilan o‘qib chiqing, o‘rganing va bilimlaringizni boyiting.
Siz yoritishingiz kerak bo‘lgan masalalar taxminan quyidagilar:
O‘tilgan mavzularni o‘qib chiqing har bir rejaga alohida e’tibor qaratgan holda yondashing va taqdimot tayyorlab hemis platformasiga joylang.
Tayyorlagan taqdimotingiz 20 - 25 list atrofida bo‘lsin. Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda, 1,5 intervalda taqdim eting.
Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 15. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida, to‘liq yoritib bersa, 14 - 15 ball bilan baholanadi.
Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3 - 4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 11,12, 13 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5 - 6 ta xatolik bo‘lsa, 9 - 10 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 7 - 8 ta xatolik bo‘lsa, 6,7, 8 ball qo‘yiladi
Agar talaba mustaqil ishda 9 -10 ta xato qilgan bo‘lsa, 3, 4,5 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqil ishda jiddiy qo‘pol xatolar mavjud bo‘lsa, 1, 2 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘raymiz. Topshirish muddati: 19. 11. 2022 yil. Soat: 23:55.