5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi (sirtqi) mutaxassisligining 4 – bosqich talabalari uchun “JISMОNIY TARBIYA NAZARIYASI VA MЕTОDIKASI” fanidan oraliq nazorat savollari
Variant № 7
1. Futbol o’yinining maydon o’lchamlari va hakamlarning vazifalari?
2. Basketbol o’yinining kelib chiqishi, qoidalari va rivojlanish tarixi?
3. Stol tennisi o’yinining qoidalari?
Tuzuvchi o’qituvchi: dots. A.K.Sharipov
Kafedra mudiri: p.f.b.f.d.(PhD) Z.T. Sherov
JAVOBLAR
1. Futbol o’yinining maydon o’lchamlari va hakamlarning vazifalari?
Futbol maydoni to‘g’ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, tabiiy chim bilan qoplangan bo‘ladi. Futbol maydoni bir qancha qo‘shimcha jihozlar bilan ham ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ya’ni darvozalar, to‘r, bayroqchalar belgilangan talablarga mos kelishi kerak.
Futbol maydoni uzunligi
---90-120 metr
Futbol maydoni eni---45-90 metr
Jarima maydoni---16,5 metrga 40,32 metr
Darvozabon maydoni---5,5 metrga 18,32 metr
Maydondagi chiziqlar---12 sm
Burchak to‘pi tepish joyi---1 m kv 90 gradusda
Maydon markazi aylana radiusi---9,15 metr
Futbol to‘pini og’irligi---410-450 gramm
Futbol to‘pini aylanasi---68-71 sm
Futbol to‘pini havo bosimi---0,6-1,1
Futbol (inglizcha: football; foot — „oyoq“, ball — „toʻp“) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
Futbol
Futbol matchi, hujumchi toʻpni darvoza tomon tepmoqchi.
Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot
FIFA
Boshqa nom(lar)i
sokker, football
Qachondan beri
Angliya, 19-asrdan[1][2]
Xarakteristikalari
Kontakt
Ha
Jamoa aʼzolari
11
Aralash jins
Ha, alohida musobaqalar
Turkum
Toʻpli sport, jamoa sporti
Anjom
Futbol toʻpi
Oʻynaladigan joy
Futbol maydoni, stadion
Olimpik oʻyin
Ha, 1936-yildan
Paralimpik oʻyin
Ha
Mintaqa
Butun dunyo
Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi .
Odatda futbol toʻgri toʻrtburchak shaklidagi maydonda oʻynaladi. Har bir jamoa 11 futbolchidan (10 ta oʻyinchi va bitta darvozabon) tashkil etiladi. Alohida bir futbol oʻyini match, deb atalib, har biri 45 daqiqa davom etuvchi taymlardan iborat boʻladi. Birinchi va ikkinchi taymlar orasida jamoalar oʻrin almashishadi.
Bundan tashqari shunday futbol turlari borki, ulardagi oʻyinchilar soni kamroq boʻlishi mumkin — jumladan plyaj futboli (qumda oʻynaladi), mini-futbol (maxsus qoplamali zalda oʻynaladi), mahalla futboli (har qanday maydonda har qancha oʻyinchilar bilan oʻynaladi).
Darvozalar hajmi maydon hajmiga mutanosib boʻladi.
Futbol ikki darvoza (7,32 x 2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45—90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Futbol toʻpining ogʻirligi 410—450 g, aylana diametrining uzunligi 68—70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqa (45 daqiqadan 2 boʻlim, 12—15 daqiqa tanaffus).
Futbolga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Cambridge universiteti oʻqituvchilari futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk futbol klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya futbol uyushmasi tuzilib, futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896-yil futbol olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA tuzildi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy futbol qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912-yilda Qoʻqonda birinchi futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargʻona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham futbol jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937-yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956-yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada futbolning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi.
1959-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992-yilda (keyin 2001-yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992-yildan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida“ (1993-yil 18-mart) hamda „Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida“ (1996-yil 17-yanvar)gi qarorlari futboldagi yutuqlarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), „Paxtakor“ klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. Futbol klublari qoshida 18 ta futbol internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2 000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, futbolga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. Futbol universiada, „Barkamol avlod“ va „Umid nihollari“ musobaqalari dasturlaridan oʻrin olgan. Bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan „Futbol gʻunchasi“ musobaqalarida 692 jamoada 13 840, „Futbolimiz kelajagi“ musobaqalarida 15035 jamoada 300 700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning „Andijanka“, Namanganning „Gulbahor“, Qarshining „Sevinch“ jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy futbolchilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan futbolchilar oʻrtasida Toshkentning „Matonat“ jamoasi (hozirgi „Baynalmilal“) jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7 113 ta futbol maydoni mavjud, 460 658 kishi (ulardan 4 642 nafari ayollar) futbol bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). „Oʻzbekiston futboli“ (Toshkent), „FutbolEkspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan), „Inter futbol“ (Kosonsoy), „Boks plyus futbol“ (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek futbol i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi.
2. Basketbol o’yinining kelib chiqishi, qoidalari va rivojlanish tarixi?
Hozirgi zamon basketbol o’yinining rivojlanish tarixi 1891 yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSh, Massachusest shtati) xristian - ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolledji)ning anatomiya va fiziologiya o’qituvchisi doktor Jeyms A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg’ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o’yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan iborat bo’lgan o’sha o’yinning dastlabki qoidalari 1892 yil 15 yanvarda “Uchburchak” (“Triugolnik”) degan gazeta sahifalarida bosilib chiqadi. Neysmit yangi o’yin uchun futbol to’pini tanlaydi, chunki bu to’pni qo’l bilan ilib olish oson bo’lib, uni oshirish qiyin hamda erga urilgan vaqtda to’p erdan doimo yuqoriga otilib o’ynashi unga ma’qul bo’lgan.
Bunday o’yinning avj olishi hozirgi zamon basketbol ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o’sha zamonlarda ham o’yinning nomi xuddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga mo’ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o’rnatib qo’ygan, savatchaning yonidagi narvon ustida farrosh o’tirgan. Uning vazifasi muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to’pni savatcha ichidan olib, pastga o’yinchilarga uzatib turishdan iborat bo’lgan.
1891 yil 21 dekabrda Springfild kolledjining gimnastika zalida basketbol bo’yicha birinchi match o’tkaziladi. Matbaa manbalari bu o’yinning uch xil tug’ilish sanasini qayd etadilar: 1891 yil 21 dekabr, 1892 yilning 15 va 20 yanvari. “O’yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891 yilning “rojdestvo” bayrami oldidan o’tkazilgan ekan.
Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o’yinda har biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O’yin ko’pchilikka shu qadar ma’qul bo’ldiki, tez orada o’yin qoidasidan nusxa ko’chirib berishni so’rab Neysmitni xoli-joniga qo’yishmadi. Keyinroq, 1892 yilda u o’z o’yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo’lib, ularning ko’pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilmoqda. Tamoyil jihatdan u “Qoidalar”ning hozirgilaridan farqi to’pni “olib yurish” qoidalari deb hisoblash mumkin.
Neysmit o’yinda ishtirok etuvchilar sonini qat’iy ravishda cheklab qo’ymagan. Uning ta’rificha, o’yinda uch kishidan boshlab 40 kishigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Holbuki, eng maqbul mezon har jamoada 9 kishi bo’lishi edi. Futbol o’yinidan nusxa ko’chirib o’yinchilarni uchta xujumchiga uchta ximoyachiga ajratib qo’yilgan edi. Ularga faqat o’z “zonalarida” o’ynashga ruxsat berilgan edi.
1892 yil 11 martda mana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar xuzurida o’yin o’tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to’plandi. Talabalar o’z o’qituvchilari bilan o’ynaydilar va 5:1 hisobida g’olib chiqtilar. Shunday keyin o’yin keng miqyosida rivojlanib ketdi va xuddi 1892 yilning o’zida Meksikada ham basketbol o’ynala boshladi. Oradan biroz vaqt o’tgach Lyu Allen Xartford shahrida noqo’lay savatchalarni – shaftoli terishga mo’ljallangan ushbu savatlarni simdan to’qilgan silindr shaklidagi og’ir savatchalar bilan almashtirdi.
O’yin yildan-yilga rivojlanib borib, uning qoidalari ham ancha takomillashtirildi. Chunonchi, 1893 yilda birinchi marta o’chitga tegib qaytadigan va to’pni tomoshabinlar orasiga borib tushishdan saqlaydigan qurilma va unga to’r xalta biriktirilgan temir halqa o’rnatildi. Shitning kattaligi 3,6x1,8 m bo’lgan. Oradan bir yil o’tgach, to’pning kattaligi oshirilib aylanasining uzunligi 30-32 dyuymga (76,2-81,8 sm)ga etkazildi. 1895 yilga kelib o’yin qoidalariga jarima to’pi tashlash kiritildi. Jarima to’pi 15 fut (5,25 sm) masofadan turib tashlanar edi.
Oradan ko’p o’tmay savatcha hozirgi zamon shaklini oladi, lekin shit esa o’zining hozirgi kattaligiga 1895 yilda erishadi. Ayni maxalda shitni oq rangga bo’yab qo’yganlar, 1909 yilga kelib esa shitni yaltiroq plastinadan tayyorlay boshlaganlar. Maydonda to’pni olib yurish qoidasi 1896 yilda kiritilgan. To’pni tortib olish ham unga qiyin emas edi. Oradan uch yil o’tgach, basketbolda foydalanilayotgan futbol to’pi maxsus tarzda tayyorlangan basketbol to’piga almashtirildi.
O’yin texnikasining tez takomillashishi va o’yinchilar harakatchanligining ortib borishi shunga olib keldiki, 1896 yilda jamoalar tarkibini 5,7 yoki 9 o’yinchi bilan cheklab qo’yish to’g’risida bir bitimga kelishildi. O’yinda necha kishilik jamoa ishtirok etishi o’yin maydonining kattaligiga bog’liq bo’lgan. Tez orada jamoadagi o’yinchilar soni butunlay standart xolgan keltirildi: ya’ni bir vaqtning o’zida 5 kishidan ortiq o’yinchi qatnashishiga ruxsat etilmaydigan bo’ldi.
1892 yilning mart oyida ushbu o’yinni “ilk ixtirochi”lari jamoalari o’rtasida dastlabki o’yin o’tkaziladi. Ular Bekingem maktabining o’qituvchilari va stenografistlari edi. Jamoadagi o’yinchi qizlardan biri Mod Sherman bu o’yinda o’z baxtini ham topdi – u Djeyms Neysmitga turmushga chiqdi.
1893 yil 22 martda juda ko’p tomoshabinlar xuzurida Smit kolledjining birinchi kurs qizlari bilan ikkinchi kurs qizlari o’rtasida birinchi rasmiy o’yin o’tkazildi. Unda katta qizlar 5:4 hisobi bilan g’alaba qildilar. Qizig’i shundaki, o’yinni tomosha qilgan tomoshabinlar ishqibozlar orasida birorta ham erkak bo’lmagan. Buning sababi erkaklarga zalga kirish man etilgan bo’lib sababi basketbolchilar kalta yubkalarda o’yinga tushgan edilar.
1896 yilda qizlarning Xristian assosiasiyasi ushbu o’yinni kam harakat va qizlar uchun qulayroq qilish maqsadida basketbol bo’yicha o’yin qoidalarini qayta ko’rib chiqadi. O’sha paytdan boshlab basketboldan xoli ravishda “netbol” (net – to’r, bol – to’p) o’yini rivojlana boshlaydi.
Shu yilning o’zida AQShda basketbol bo’yicha rasmiy musobaqalar bo’lib o’tadi. Oradan 6 yil o’tgach birinchi bor studentlarning mintaqalararo o’yini tashkil etiladi. Xuddi o’sha yili Buffalo shahrida tashkil etilgan Panama – Amerika qo’shma ko’rgazmasida basketbol o’yini “eksponat” sifatida ko’rsatildi.
AQShda tuzilgan basketbol o’yini oradan ko’p o’tmay Xitoy, Filippin, Angliya, Franstiya, Italiya singari dunyoning ko’p mamlakatlariga tarqalib ketadi.
1.2. Basketbolning rivojlanish bosqichlari
1 bosqich. 1891-1918 yillarni o’z ichiga olib, basketbolning yangi o’yin sifatida shakllanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga gimnastika darslarini biroz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-sekin sport o’yiniga aylanib, uning o’ziga xos barcha xususiyatlari shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy o’yin qoidalari yaratiladi. Uning o’yin teknikasi va taktikasi shakllanadi. O’yinda ishtirok etayotgan jamoa a’zolarining har biri uchun muayyan funkstiya vazifalar belgilab beriladi.
2 bosqich. 1919-1931 yillardan iborat bo’lib, bu davr milliy basketbol federastiyalari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa basketbolning sport o’yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xuddi shu davrda dastlabki basketbol bo’yicha halqaro turnir – musobaqalar o’tkaziladi.
3 bosqich. 1932-1947 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr butun dunyo bo’yicha basketbol o’yini har tomonlama rivojlanganligi bilan xarakterlidir. Bu davrda basketbol o’yini federastiyasi (FIBA) tashkil etiladi. Bu xodisa unutilmas voqea bilan basketbolni sportning Olimpiya turidagi o’yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo’ladi. Shu davrda sobiq sovet basketbolchilari ham halqaro maydoniga chiqadilar. Basketbol texnikasi va taktikasiga yangiliklar kiritiladi.
3. Stol tennisi o’yinining qoidalari?
Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda uynaladigan sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-asrning 20y.laridan koʻp mamlakatlarga tarkalgan. Dastlab "pingpong" (frans. pingpong — koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan. St. uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3 sm; bal. 76 sm; turi 183x 15,25 sm boʻladi. Yog'och raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g . O'yin maydonchasining oʻlchami 6—7 x 12–14 m.
Stol tennisning tarixi
Rasmiy musobakalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar — jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobakalashadilar. Uyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 21 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 20:20 boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi. Stol tennisi Xalqaro federatsiyasi (ITTF, 1926-yil tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy federatsiyani birlashtiradi. 1926-yildan har 2 yilda jahon birinchiligi oʻtkaziladi, 1988-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan[1].
Stol tennis o’yinning qoidalari
Stol tennis o’yini tashkilot tomonidan belgilangan raqami bilan, fotoalbomlarda o’ynadi va 3,5 yoki 7 silsilasini bo’lishi mumkin va yana birinchi fotoalbomlarda yarmidan erishadi futbolchisi.
majmuini g’alaba qozonish uchun, bir futbolchi 11 ochko erishish uchun bor, va belgilangan (2 × 10, o’yin faqat hokazo 10 × 12 yoki olish tugaydi bo’lsa) futbolchilar o’rtasidagi 10 ball farq bor faqat tugaydi .
Har bir o’yinga xizmat bilan boshlanadi va maqsad o’yin davomida raqib maydonini urish uchun, va u xuddi shu tarzda qaytarib bera olmadi.
Óyin qoidalari:
Stol tennisini topshirish qoidalari:
Xizmat qilishdan oldin to'p ochiq kaftda bo'lishi kerak.
To'p kamida 16 sm balandlikda vertikal ravishda tashlanadi (qoidalar bilan qo'lda ovqatlanish taqiqlanadi).
To'pni stol atrofiga, shuningdek stol ostiga tashlash taqiqlanadi.
To'pni tashlab yuborgandan so'ng, server dumaloq qo'lni olib tashlashi kerak. Bunday qoida qabul qilgich to'pni aniq ko'ra olishi uchun o'rnatiladi.
Stol tennisning taktikasi
Stol tennisida o’yin taktikasi deb, aniq ritm va sur’atdagi zarbalar seriyasini
maqsadli qo’llash, shuningdek, aniq sharoitlarda raqibning zarbalariga qarshi
psixologik uslublarni qo’llashni tushunmoq lozim. Texnika bilan taktika o’rtasida
yaqin bog’liqlik mavjud. Qandaydir texnik uslubni qo’llash uz-uzidan taktik rejada
ko’rib chiqiladi. Asosiy texnik elementlar, kombinatsiyalar, ya’ni to’pga qator
zarbalar berishdan iborat.
Hujumga tayyor hujum
Hujumga tayyor hujumlar. Etarlicha kuchli o'ralgan zarbalar ("rulo") tashabbusni qo'lga olish, ochko tayyorlashga mo'ljallangan; birinchi imkoniyatda amalga oshiriladi va dushman uchun eng zaif joyga yuboriladi. Hujumchi o'yinchi tez-tez raqibni to'pni odatdagidan bir oz qisqa va balandroq o'ynashga majburlashga harakat qilib, bunday o'rta darajadagi hujum hujumlarini amalga oshiradi.
Qarshi hujumlar. Dushmanlarning hujumlariga javoban hujumlar. Ko'pincha tashabbusni tortib olishga, darhol bir nuqtaga erishishga olib keladi.
Tugatish zarbalari. Darhol ochko olishga mo'ljallangan juda kuchli xitlar. Yakuniy ish tashlash odatda tegishli tayyorgarlikdan so'ng, rahbariyatning hujumiga uchraydi. Himoyasi juda kuchli bo'lgan futbolchilarga qarshi uzoq mashg'ulotlar odatda kerakli natijalarga olib kelmaydi. Yakuniy zarba dushman noqulay holatda bo'lganida kutilmaganda amalga oshiriladi.
Qisqa zarbalar. Qisqartirilgan zarbalar hujumning samarali usulidir. Ko'pincha ular stoldan bir necha metr masofada zarbalar bilan o'zlarini himoya qiladigan o'yinchilarga qarshi kurashda tezda g'alaba qozonishadi. Qisqartirilgan to'pni stol chetiga emas, balki o'rtada yuborish tavsiya etiladi. Ikkinchi teginishdan oldin to'p o'rtada, stol har doim tepada bo'ladi va uni aks ettirish qiyinroq bo'ladi, chunki bu holda to'p ikkinchi teginishdan oldin tez-tez stol qopqog'idan tashqariga chiqadi va raqib yiqilishdan oldin uni ushlab oladi. polga.
Qisqartirilgan zarbaga eng yaxshi javob bu qisqartirilgan zarba yoki to'p tashlashda bajarilgan so'nggi zarba.
Himoya zarbalari. Kesilgan hujumlar buralgan hujumlardan eng keng tarqalgan himoyadir. Himoyaning ushbu usulining asosiy afzalligi shundaki, o'ng va chap tomonlarni kesib tashlash stoldan bir yarim metr yoki undan ko'proq masofada bajarilishi mumkin, bu erda to'pning uchish tezligi allaqachon pasaygan, raqib tomonidan to'pga etkazilgan zarba kuchi yo'qolgan. Kesilgan zarbalar to'pni shunday kuchli teskari aylantiradiki, to'p stoldan juda pastga tushadi va bu yangi zarbalarni boshlashni juda qiyinlashtira
Dostları ilə paylaş: |