Mashhur italyan gumanist vrachi Ieronim Merkurialis (1530-1606 yillar)
gimnastikaga doir oltita kitob yozdi. Dastlabki uch
kitobi jismoniy mashqlar
tarixini yoritishga, so`nggi uch kitobi esa jismoniy mashqlarni meditsina jihatidan
tahlil qilishga bag`ishlangandir. Merkurialis meditsinani davolash meditsinasi va
saqlovchi meditsina deb ikkiga ajratdi. Saqlovchi meditsinani u buzuqchilikka va
oziq-ovqat hamda vinoni ortiqcha iste’mol qilishga qarshi kurashga mo`ljalladi;
bunday hollar oqsuyaklarning vakillariga muvofiq edi.
Merkurialis gimnastika va boshqa jismoniy mashqlarni
saqlovchi meditsina
vositalari jumlasiga kiritadi. U barcha mashqlarni haqiqiy (davolash), harbiy
(hayotiy, zaruriy) va soxta (atletik) mashqlarga bo`lgan edi.
Merkurialis ayrim mashqlarning ahamiyatinibaholab, ko`proq
jismoniy kuch
talab qiladigan mashqlarni salbiy tavsifladi va sog`lomlashtirish-gigiyena jihatdan
foyda berishi mumkin bo`lgan mashqlarnigina bajarishni tavsiya qildi. U
mushtlashishni inkor qilmadi, lekin yakkama-yakka
mushtlashishni emas, balki
kishining soyasi bilan
mushtlashishni taklif qildi, chunki kishining soyasi bilan
mushtlashishi “qattiq kuch ishlatishni” talab qilmaydi. Merkurialis suvda suzishni
emas, balki cho`milishni maqtaydi va baliq ovini taklif qiladi.
U jismoniy
tarbiyaning musobaqa metodini foydali deb hisoblamadi va sportni inkor qildi.
Merkurialisning “bir vaqtlar katta e’tiborga sazovor bo`lgan gimnastika san’atini
tiklash uchun harakat qilishi” haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Uning xizmati shundan
iboratki, u davolash-profilaktika mashqlarini tikladi
va ularni meditsinaning
muhim vositalari sifatida himoya qildi.
Merkurialis ko`zga ko`ringan cherkov arboblarining saroy vrachi, so`ngra esa
imperator Maksimilian II ning ham vrachi edi. U feodal byurokratik aslzodalarning
boshliqlariga ko`rsatgan xizmatlari uchun o`sha vaqtlardayoq eskirib qolgan
ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan edi.
Dostları ilə paylaş: