Reja jadvalning asosida o‘quv materialini o‘quv yilining choraklari uchun maqsadli taqsimlash yotadi.
Yillik reja jadval tuzishda, davlat taolim standarti tarkibidagi jismoniy tarbiya dasturidan foydalaniladi. Unda
maktab yoshidagilarning individual xususiyatlari xisobga olingan xolda inson jismi madaniyatiga oid o‘quv
materiali
mujassamlashtirilgan. O‘quv jarayonining jismoniy tarbiyadagi reja-jadval orqali umumtaolim maktabida dastur
bo‘ldimlari materialini o‘qitishning ketma-ketligi,
xaftama-xafta, oyma-oy, o‘quv yilining fasillari, iqlimi sharoitini
xisobga olib o‘quv choraklariga taqsimlanadi. albatta maktabning moddiy-sport bazasi, sport anjomlari va
jixozlarining soni, sifati xisobga olinishi shart.
O‘zbekiston sharoitida yil fasllari sharoiti xisobga olinib o‘qitish jarayoni quyidagi etaplarga ajratiladi:
1)kuzgi (Ichorak), 2) kuzgi-qishki (II chorak), 3)qishki (III chorak), 4)baxorgi-yozgi (IVchorak).
Xar bir etapda umumiy jismoniy tayyorgarlikning maolum vazifalari xal qilinadi
va muvofiq vositalardan
foydalaniladi. Xususan fasllar oraliida (ikkinchi etap)ga darslarda gimnastika materialini (asosiy vosita sifatida va
o‘yinlar (qo‘shimcha vosita sifatida) o‘qitish rejalashtirish amaliyotda ko‘proq uchraydi.
Mashulotlarning mazmuni xar bir etapda oldingi etap darslari va o‘zidan keyingi etapning darslari
bilan organik
bir bo‘lishi, bolanishi lozim. Shuning uchun materiali bir predmetdan iborat bo‘lgan darslardan foydalanish bilan
cheklanmay, iloji boricha kompleksli usul, bir darsni yoki vaqtni o‘zida jismoniy tayyorgarlikni bir necha xil
vositalaridan foydalanishni amaliy axamiyati katta. Albatta, asosiy vaqtni shu etap uchun «bosh» xisoblangan
(mashqni) materialni o‘tish uchun sarflash lozim. Mashulot
mazmunlarining eng muximi, o‘quvchilarning jismoniy
sifatlarini uzluksiz rivojlantiradi
va yugurish, sakrash, uloqtirish va boshqa qator tabiiy xarakatlarni takomillashtiradi.
O‘quv normalarini qabul qilish etaplarni oxirlariga rejalashtiriladi, faqat takroriy topshirish uchun zaxira vaqt
qoldirish lozim bo‘ladi.
Yillik o‘quv reja-jadvali ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: jismoniy tarbiya dasturini asosiy bo‘limlarini o‘z
ichiga olgan yirik tarkibli bloklar tarzida yoki dastur materialini o‘quv yilini darslariga aniq taqsimlab sochib yuborish
tarzida tuziladi. Materialni o‘zlashtirib olishga ajratilgan vaqt ikki xil usulda rejalashtiriladi.
Mashqlarni bajarish uchun aniq vaqt ko‘rsatilib yoziladi yoki vaqtni o‘rniga simvolika (belgi yoki boshqa
alomat) bilan belgilab qo‘yiladi.
Jismoniy tarbiya dasturi materialini yillik o‘quv reja-jadvalni variantlaridan biri rasmda ifodalangan.
O‘quv ishlarining yillik reja-jadvali 6 ustunga ajratilgan bo‘lib, uni birinchi ustunida
DTS dagi jismoniy tarbiya
dasturining bo‘limlari, ikkinchi ustunida dastur bo‘limlari bo‘yicha tashkillanadigan darslari soni, 3-4-5-6 ustunlarida
yillik 68 ta jismoniy tarbiya darslarining choraklarga taqsimlanishi qayd qilinadi.
Dostları ilə paylaş: