Ishchi reja mavzularni darslarga taqsimlash reja jadvali asosida tuzilib, undan o‘quv choraklarida o‘qitiladigan
Ishchi reja xar bir o‘quv choragi uchun yoki jismoniy tarbiya dasturining xar bir bo‘limi uchun aloxida tuzilishi
mumkin. Maktabdagi xar bir darsning ishchi rejasi ikki qismga ega: rejaga tushuntirish xati va rejaning mazmuni.
Tushuntirish xatida shu chorak uchun parallel sinflar o‘quvchilar bilan xal qilinadigan aniq vazifalar tushunarli
qilib ifodalanadi, yangi o‘zlashtiriladigan asosiy materialni xajmi belgilanadi, qo‘shimcha tarzida
takomillashtiriladigan yoki mustaxkamlaydigan takroriy material ko‘rsatiladi. O‘quv choragining mashulotlarini
tashkillashning xususiy tomonlari ochiladi; chorak uchun nazorat normalari va talablar belgilanadi.
Ishchi rejada dasturdagi o‘zlashtiriladigan asosiy mavzular va ularni o‘zlashtirishdagi muvofiqlik, ketma-ketlik,
asta-sekinlik bilan qiyinlashtira borish (darsdan darsga) eotiborga olinib shunga rioya qilinadi.
Jismoniy yukni (xajmi va intensivligi) xam mashulotdan mashulotga aste-sekinlik bilan oshiriladi.
Yuqoridagilardan tashqari xar bir darsda jismoniy tarbiyaning nazariy materialini o‘qitish uchun vaqt ajratiladi.
Aynan shu darsda bilim asoslari qancha o‘qitilishi lozimligi amaliy materialga qarab rejalashtiriladi. Masalan,
xarakat faoliyatiga o‘rgatish rejalashtirilgan bo‘lsa, unda o‘zlashtirilayotgan mashqni texnikasi xaqidagi bilimlar, shu
jismoniy mashqni organizmga taosiri, uni bajarishdagi xavfsizlikni taominlashga oid maolumotlar berilishi lozim
bo‘ladi.
Ishchi rejani ishlashda quyidagi metodik tavsiyanomalarga rioya qilishga to‘ri keladi.
1)mashqni tuzilishi nuqtai nazaridan qiyinligini xisobga olib o‘quvchilarni uni o‘zlashtirishga tayyorlash;
2)aniq xarakat faoliyatining texnikasini o‘qitishni bir yoki bir necha aralash mashulotlarda uzluksiz,
tanaffuslarsiz o‘qitish diqqatni faqat shu xarakatga qaratish;
3)o‘quv jarayonini shunday tuzish lozimki, unda malakani ijobiy o‘tishi (ko‘chishi) effektidan maksimal
foydalanishga imkon yaralsin.
Talab darajasidagi ilmiy asosda ishlangan ishchi reja o‘quv jarayonini usuliy taominlashdek funksiyani to‘la
bajarsin.
Ishchi rejalar jadval yoki matn shaklida tuziladi. Grafika tarzidagi reja soddalashtirilgan xarakterga ega bo‘ladi.
Unda ajratiladi: «Bo‘limlar va mashulotning mazmuni» (bo‘limlar bo‘yicha mashqlar yoziladi); «Bo‘lim materialini
o‘tish uchun soatlar soni» va «O‘quv xaftalariga o‘zlashtiriladigan materialni taqsimlash («+» yoki dars vazifalarini
bosh xarflari «T», «O‘», «M», «Tk» bilan belgilanadi).
Matn tarzidagi reja maqulroq, chunki unda faqat
mazmun ifodalanmay, mashulotlar tizimidagi o‘qitish
metodlari, rejalashtirilgan trenirovka yuklamasi va uni asta-sekinlik bilan oshirish ochib beriladi. Matn tarzidagi
ko‘proq tarqalgan ishchi reja o‘z ichiga quyidagilarni oladi: dars nomeri, darsning asosiy vazifalarini maolum formada
ifodalash, o‘qitish va trenirovka mazmuni xaqida, uni yuklamasini xajmi va intensivligini ko‘rsatish
bilan erkaklar va
ayollarga differensiyalab qisqacha yozuvlar.
Misol sifatida ish rejasining qator varintlarini tavsiya qilganmiz.
Birinchi chorakning ishchi rejasiga muvofiq taolimni xar bir darsning taolimi vazifasini ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: