Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining rivojlanishi va takomillashi uchun quydagilar asosiy manba
xisoblanadi:
- mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksal tirishning yo‘llari va xozirgi payitdagi axvoli xaqidagi
xukumat qarorlari, qonunlari;
- jamiyatning rivojlanishi davomida insonni xar tomonlama kamol toptirish xaqidagi progressiv taolimotlar. Bu
taolimotlar insonning xar tomonlama rivojlanishi xuquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmu-nini
ochishga urinish xamda shu oyalarni amalga oshirish yo‘llarini nazariy, amaliy jixatdan asoslashdan iboratdir;
- jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati soxasi bo‘yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va
boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid to‘plagan nazariy, amaliy bilimlari tizimi;
- ijtimoiy turmush tarzi uning xayotiy amaliyoti tajri-basi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega
bo‘lgan kishilarga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha to‘plangan amaliy tajribalar;
-jamiyat aozolarini jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini
tuzish va uni boshqarishga oid bilimlar;
-mavjud jamiyat maonaviyatining bir bo‘lagi xisoblangan jismoniy tarbiya tizimiga jismoniy madaniyat
konsepsiya-lari;
- jismoniy tarbiya praktikasi – manba sifatida nazariy qoidalarning xayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi
tuilgan original oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va usuliyatini boyitadi;
- arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining reja-lari,
musobaqa bayonnomalari, konspektlar, maoruza matnlari va x.k.lar) jismoniy tarbiya nazariyasini boyitadi va unga
manba bo‘lib xizmat qiladi;
- solom turmush tarzi nazariyasi va amaliyoti tajriba-larining nazariy bilimlari, odam ekologiyasi.