Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə31/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Gimnastika – o‘yinlar, sport, turizm qatori u xam jismoniy tarbiya vositasidir. Asosiy vazifasi turli xayotiy
faoliyat uchun umumiy jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish vositasidir. Bundan tashqari, o‘zining gavdasini tuta
bilishi yoki tananing aozolari xarakatini boshqara olishi, tanadagi jismoniy kamchiliklarni to‘rilashdek maxsus
vazifalarni xam xal qila oladi. Xozirgi kunda jaxon xalqlari gimnastikasi tizimini tanqidiy o‘rganilib, keraksizlarini
uloqtirib, foydali tomonini o‘zida ilmiy mujassamlashtirilgan xolda jismoniy tarbiya sharoitida ijobiy
foydalanilmoqda.


Gimnastikada jismoniy mashqlarning barchasi qo‘llani-lishi mumkin. Aslida esa quyidagi mashqlar


ko‘rinishida qo‘llaniladi.
a) saflanish va qayta saflanish mashqlari. Bu mashqlar saflanishning ratsional yo‘llari, gavdani to‘ri tutish,
koman-dalarga bo‘ysunish, qaddi-qomatni rostlash va boshqa vazifa-larni xal qiladi;
b) asosiy jismoniy mashqlar. Bu mashqlar tananing barcha aozolariga umumiy yoki ayrim ajratib olingan
aozolarini rivojlantirishda foydalaniladi, xarakat malakalarining tez shakillanishi uchun qulaylik yaratadi;
v) erkin mashqlar. Bu nom orqali musiqa ostida bajariladigan xarakatlar kombinatsiyasi tarzida tuzilgan
mashqlar tushuniladi. Erkin mashqlar bilan shuullanuvchi-larning xarakatini kuzatsak, biz xarakatlarni musiqa ritmi,
tempiga tushayotganligini yoki uning nafosatli, go‘zalligini ko‘rib, inson xarakatlari zaxirasining juda betakror ekan-
ligini shoxidi bo‘lamiz;
g) zaruriy xayotiy-amaliy mashqlar: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, yuk ko‘tarish va
boshqa qator mashqlar. Bular jismoniy sifatlarni rivojlanti-rishdagi asosiy vositalar sanaladi;
d) maxsus gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashq-lar: perekladinada, bruspyada, konp, xalqada,
yakkacho‘pda va boshqalarda bajariladigan mashqlar. Ular kuch, chaqqonlik, bo‘inlar xarakatchanligi, muskullar
elastikasi, ruxiy va boshqa sifatlarni tarbiyalaydi;
ye) akrobatika mashqlari: qo‘lda turish, yonbosh tomonga tanani bukmay aylanish, «randat», «flyag» va
boshqa qator yakka juft, gurux bo‘lib bajariladigan mashqlar kiradi.
Ular asosiy zaruriy xayotiy xarakat va ko‘nikmalarni tarbiyalaydi. Sport maxoratini oshirishda va
umumjismoniy tayyorgarlik uchun yetakchi vositadir;
j) badiiy gimnastika: raqs tarzidagi, jismsiz, jismlar bilan bajariladigan mashqlar bo‘lib, o‘z ichiga yurish,
sakrash, egaluvchanlik talab qiladigan qator mashqlarni oladi va ularni musiqa bilan qo‘shib bajarish tushuniladi va u
sportning aloxida turi sanaladi.
Gimnastika mashqlari tizimi doimo rivojlanib va tarkibi boyib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va kuza-tishlar
ayrim mashqlarning qaytadan tuzilayotganligi, yangila-nayotganligi, ayrimlari mustaxkamlanayotganligi va takomilla-
shayotganligini ko‘rsatmoqda.
1948 yili bo‘lib o‘tgan sobiq Ittifoq gimnastikachilari konferensiyasida gimnastikaning xayotda amaliy
qo‘llanishiga qarab quyidagi turlarga ajratdilar:
Asosiy gimnastika – vazifasi umumjisomniy tayyorgar-likni yo‘lga qo‘yishdir. Asosiy gimnastika mashulotlari
xar tomonlama jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirib, sport maxoratini oshirishga imkoniyat yaratadi. Asosiy
gimnastikaga saflanish va qayta saflanish, umumjismoniy mashqlar, xayotiy mashqlar, akrobatika, badiiy gimnastika
va boshqa mashqlar xamda ayrim gimnastik jixozlarda bajariladigan mashqlar kiradi.
Gigienik gimnastika bilan shuullanish organizmning salomatligini mustaxkamlaydi. U kishida bardamlik, ish
qobiliyatini yuqori darajada bo‘lishini taominlaydi. Gigienik gimnastika ertalab, kunduz kuni, oqshom yoki uyqudan
so‘ng o‘tkaziladi. Yoshi o‘tganlarda ertalabki gimnastika yakkama-yakka yoki gurux bo‘lib o‘tkazilishi axamiyatli.
Ular organizmning xarakat apparati, yurak tomirlari, nafas olish sistemasi va boshqa organlarning ishini
normallashtiradi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin