6.1.2. Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi
Tarixan jismoniy mashqlar – o‘yinlar tarzidagi, gimnas-tika ko‘rinishidagi, sport va turizm mashqlariga
turkumlangan edi.
O‘yinlar, gimnastika, sport, turizm jismoniy tarbiya tizimining asosiy omillari sifatida tan olinib kelingan va
xozirgi kunda xam mashqlar klassifikatsiyasi tarkibida o‘z axamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ko‘pchilik olimlarning fikriga
qarama-qarshi ularoq, xar doim o‘zgarishda. Tarixiy qabul qilingan jismoniy mashqlar turkumi davr o‘tishi bilan o‘z
o‘rnini o‘zidan progressiv bo‘lganlarga bo‘shatib bermoqda yoki o‘sha mashqlar rivojlanmoqda,
takomillashtirilmoqda. Jismo-niy tarbiya jarayonida ularning asosiy omilligi tarbiya tizimlarida ilmiy asoslangan.
Demak, o‘yin, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashqlar turkumi deyish bizda ayrim xollarda
noto‘ri fikr tudirishi mumkin. Chunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida
o‘yinlarda, gimnastika tarkibida, turizm mashq-lari tarzida xam uchrashi mumkin. Mashqlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy
boliq xolda foydalaniladi.
O‘yin atamasi xilma-xil faoliyatni ifodalaydi. Tabiat o‘yini, kuch o‘yini va boshqalar. Madaniyat soxasi
bo‘yicha esa, aktyor o‘yini, olimpiada o‘yinlari yoki sport o‘yini, bularning xammasi xilma-xil maono beradi. O‘yin
tarixiy to‘plangan ijtimoiy xodisa sifatida faoliyatning ayrim turi xisob-lanadi. O‘zining xayotiy axamiyati orqaligina
jamiyatda o‘ziga qiziqish uyotadi va ayrim odamlarni o‘ziga tortadi.
O‘yin faoliyatida odam o‘zini o‘rab olgan muxit bilan o‘zgacha aloqada, bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda
bo‘ladi va xam jismoniy xam aqliy qobiliyatini mashq (trenirovka) qildiradi. Mexnatdan farqli o‘laroq, o‘yin paytida
moddiy neomat yaratilmaydi. O‘z xayoti uchun tabiat inoomlaridan bevosita foydalanmaydi. O‘yin sharoitida xilma-
xil xarkatni tanlash imkoniyati bor. Bu esa o‘ynovchining o‘z xis-xayajonini, ijodiy qobiliyatini, faolligini xamda
tashabbusini ishga solishga majbur qiladi.
Xozirgi kunda o‘yinchilar soniga qarab yakkama-yakka jamoa bo‘lib, ko‘pchilik (omma bilan) o‘ynaydigan
o‘yinlar mavjud. Bu esa pedagogika va xayotda xarakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari sifatida tarbiyaviy vosita bo‘lib
xizmat qilib kelmoqda.
Xarkatli o‘yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay, o‘zining maolum sport
maydoniga, standart qoidasiga ega bo‘lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o‘z ichiga olgan
xarakatlar tarzidaUlar asta-sekinlik bilan qiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, sport o‘yinlariga aylandi. Demak, sport
o‘yini xam xarakatli o‘yindir.
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o‘zining katoiy o‘yin qoidalari va talablariga, sport maydoni
jixozlariga ega. O‘yin paytida vazifalarni bir individ xal qilmay, jamoa xal qiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha muntazam
musobaqalar uyushtiriladi. O‘yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o‘yinlari muntazam o‘sishda va
rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo‘lib o‘ynaydigan
xarakatli o‘yinlar uch turga bo‘linadi: a) o‘yinchilarni jamoa-larga ajratmay o‘ynaydigan o‘yinlar; b) jamoali o‘yinga
aylanib ketadigan o‘yinlar; v) jamoalarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar (barcha sport o‘yinlari kiradi):
Keyinchalik esa o‘yin o‘yinchilarning o‘zaro faoliyati shakliga ko‘ra (komandali o‘ynaladigan o‘yinlar)
quyidagilarga bo‘linadi:
a) o‘yin paytida raqib komanda o‘yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o‘ynaladigan o‘yinlar -
voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va x.k.
b) raqib o‘yinchilari bir-biriga tegishi bilan o‘ynala-digan o‘yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maysa
ustidagi rus laptasi va boshqalar.
Tarixan mavjud jismoniy tarbiya tizimlari o‘yinning shu tomonlarni xisobga olib, jamiyat aozolari xar
tomonlama jismonan garmonik tarbiyalashning asosiy omillaridan biri deb tan olganlar va tarbiya jarayonida undan
foydalanganlar.
Dostları ilə paylaş: |