Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə38/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan-chaqqonlikni rivojlantirish 
koordinatsiya jixatdan murakkab xarakatlarni bajarishni, ikkinchidan - xarakat faoliyatini to‘satdan o‘zgargan 
sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. Bunda chaqqonlik uchun
zarur bo‘lgan o‘z xarakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish, lozim bo‘lsa, stabil xarakatlar qila bilish, muvozanat
saqlay olish, galma-gal zo‘r berish va muskullarni bo‘shattirish yoki, aksincha, muskullarni taranglash-tirish qobiliyati
va shunga o‘xshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashtirish muxim axamiyatga ega. Demak “chaqqonlik” 
deganda, xarakatlar koordinatsiyalarning umumiy to‘plami-yiindisi tushuniladi.
Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo‘li yangi xilma-xil xarakat malakalarini va
kqnikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa xarakat malakalarining zaxirasi ortib borishiga sabab bo‘ladi va xarakat
analizator-larining funksional imkoniyatlariga samarali taosir ko‘rsa-tadi. Yangi xarakatlarni o‘zlashtirish uzluksiz
bo‘lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oraliida yangi xarakatlarni o‘rganish rejalashtirilgan bo‘lsa xam, o‘quvchilarga vaqti-
vaqti bilan o‘zlariga maolum bo‘lmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi xarakatlar (mashqlar)
o‘zlashtirib turil-masa shuullanuvchini xarakatga o‘rgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlarni to‘la o‘zlashtirib olish
shart emas, chunki u shuul-lanuvchilarning qandaydir yangi xarakatlarni xis qilib turish-lari uchun zarur. Bu kabi
mayda-chuyda xarakatlarni, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan kunlardagi trenirovka jarayoni tarkibiga kiritiladi.
Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi xarakatlarni o‘zlashtirib olish qobiliyati sifatida xar qanday ixtiyoriy xarakatdan
foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlar bo‘lgani uchungina o‘rganiladi. Malaka
avtmatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi axamiyati kamayib
boradi. Xarakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq qayta tuzish qobiliyati to‘satdan o‘zgargan sharoitdagi taosirlarga
darxol javobning berilishi chaqqonlikni rivojla-nayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamning o‘zgarishi sodir
bo‘ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilib yuklamani oshirish shuullanuvchilarga koordinatsiyaviy qiyin-
chiliklarni oshiradi. Ular yengishi lozim bo‘lgan koordina-siyaviy qiyinchiliklar uch guruxga bo‘linadi:
1. Xarakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchi-liklar;
2. Ularning o‘zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar:
3. Birdaniga, qisqa, o‘zgargan sharoitda duch kelinadigan qiynchiliklar.
Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson xal qilish uchun, asosan, L.P. Matveevning chaqqonlikni
tarbiyalash uslubiyatidan ko‘proq foydalaniladi:
1. ayritabiiy, ayri oddiy dastlabki xolatdan foyda-lanish (zarur bo‘lgan tomonga orqa bilan turib uzunlikka
sakrashlar va x.k).
2. Mashqni oynaga qarab bajarish (diskani chap qo‘l bilan uloqtirish yoki bokschini chap tomonlama turib
zarba berishi).
3. Xarakatlar tezligi va suroatning o‘zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki sekinlashtirib mashqlar
bajarish).




4. Fazoda mashqlar bajarilayotgan chegaralarni o‘zgarti-rish (masalan, uloqtirishda snaryadlarni
kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni satxi kichiklashtirilgan sport o‘yinlaridan foydalanilanish, chunki
keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun qulaylik tudirmaydi; balandlikka turli usul
bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash va xokazolar).
5. Qo‘shimcha xarakatlar kiritib mashqlarni murakkab-lashtirish (masalan, yerga tushish oldidan qo‘shimcha
burilishlar qo‘shib, tayanib sakrash va boshqalar).
6. Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, maolum bo‘lmagan tarzda qo‘shib bajarish (masalan, gimnastik
kombina-siyalarini ko‘rgan va o‘qitgan zaxoti bajarish musobaqasi va shunga o‘xshashlar).
7. Juft va gruppa bo‘lib bajariladigan mashqlarda shuullanuvchilarning bir-biriga ko‘rsatadigan 
qarshiliklarini o‘zgartirish (masalan, o‘yinlarda turli taktik kombinatsiyalarni qo‘llash, mashqlarni bajarishda tez-tez
sheriklarni o‘zgar-tirish).
Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo‘lgan sifatlaridan biri muskullarni ratsional bo‘shashtira bilishni o‘rganish va
uni takomillashtirishdir. Xar qanday xarakat maolum maonoda muskullarni ko‘zalishi va bo‘shashtirilishining
natijasidir. Ko‘zalishdek, bo‘shashtirish (lozim bo‘lgan muskulni, lozim bo‘lgan payitda) ni bilish xar qanday
xarakatni samarali bajarishda muxim rol o‘ynaydi. Xarakatni qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtincha bo‘shashib
turishi kerak bo‘lgan muskullar guruxining tarangligi xarakatni bajarish uchun lozim bo‘lgan bemalollik (bo‘iqliq) ni,
xarakatni erkin bajarishni yo‘qqa chiqaradi.
Xarakatni bo‘iq, emin-erkin bajara olmasak ruxiy va muskul tarangligi orqali sodir bo‘ladi deb uni ikki guruxga
ajratiladi. Ruxiy taranglik asosan xis xayajonga sabab bo‘ladigan faktorlar (kuchli raqibni ko‘rish,
musobaqalashadigan muxit, tomoshabinlar va x.k.) orqali sodir bo‘ladi va chaqqon-likkagina emas, organizmning
boshqa funksional xamda jismo-niy sifatlariga xam salbiy taosir ko‘rsatadi. Bu diqqatni to‘play olmaslik, faoliyat
tarkibidagi o‘zgartirish qilishda kechikish, xarakatlar ketma-ketligini buzilishi va boshqalar tarzida namoyon bo‘ladi.
Bu noqulayliklar bilan kurashish yo‘llari xaqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo‘lgan maolumotlarni olish
mumkin. Ruxiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bo‘lishi bilan kuzatiladi.
Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo‘ladi: a)
muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul tarangla-shishi; b) o‘ta tez bajarish oqibatida muskulni
taranglikdan tushishga, bo‘shashishga ulgurmasligidan sodir bo‘ladigan tarang-lik; v) koordinatsiyaviy,
(takomillashmagan koordinatsiya sabab-li muskul bo‘shashishi fazasida bir oz qo‘zaluvchanlikni mav-judligi orqali
sodir bo‘ladigan) taranglik.
Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo‘lishiga salbiy taosir ko‘rsatayotgan muskul tarangligini yengish
usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya nazariyasi fanlari orqali o‘rganiladi.
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda muskullar nixoyatda
aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muxtoj bo‘lib, charchash sodir bo‘lganda, mashqni bajarish kam samara
beradi. Shunga ko‘ra organizm sarflangan energiyani nisbatan to‘liq tiklanishi uchun yetarli bo‘lganda dam olish
oraliqlaridan (intervaldan) foyda-laniladi. Yuqori darajada energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan so‘ng
chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin