Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə32/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Sport yo‘nalishidagi gimnastika. Sport gimnastikasi-ning vazifasi yuqori jismoniy tayyorgarlikka va sport
maxoratini oshirish maqsadida qiyin xarakatlar qilish sanoatini egallashdir. Sport gimnastikasiga erkin mashqlar,
perekladinadagi mashqlar, bruspyadagi, xalqalarda, dastali kon (erkaklar uchun) brevno va xar xil balandlikdagi
bruspyadagi (qizlar uchun) va sakrash mashqlari kiradi.
Badiy gimnastika – akrobatika va sport gimnastikasidek sport xarakteriga ega. Vazifasi esa o‘zining maxsus
yo‘llari bilan xal etiladi. Asosiy mashqlari musiqa bilan boliqdir. U xarakat koordinatsiyasini, xarakat plastikasini
rivojlan-tiradi. Mashqlar raqs xarakteridagi xarakatlar tarzida baja-riladi. Mashq mazmuniga barcha mashqlar kiradi.
Gimnastikaning qo‘shimcha turlariga sport gimnastikasi, ishlab chiqarish gimnastikasi, davolash gimnastikasi
kiri-tilgan.
Sport gimnastikasi shuullanaetgan sportchiga o‘zi tanlagan sport turida o‘z maxoratini egallashga yordam
beradi. Sport gimnastikasi mashqlari umumiy va maxsus tayyorgarlik jarayonida qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish
gimnastikasining asosiy vazafasi ishchining ishlab chiqarish qobiliyatini, mexnat unumdorligini oshirishdir. Bu
gimnastika ishchining ish rejimiga kiritiladi. U xalq xo‘jaligi korxonalarida, muassasalarida fizkulptura tanaffusi va
ishdan avval gimnas-tika pauzasi tariqasida olib boriladi.
Davolash gimnastikasi salomatlik va mexnat qobiliyatini tiklash vazifasini xal qiladi. Asosan, tana tuzilishi
kamchiliklari, xarakat apparati ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yishda xizmat qiladi. Dam olish uylari, sanatoriyalar,
kasalxona-lardagi davolash kabinetlarida amalga oshiriladi.
Sport so‘zi avvaliga o‘yin maonosida tushinilar edi, keyinchalik esa ko‘ngil ochish vositasi deb qarala
boshlangan. Chunki shuullanuvchilar faqat o‘zaro kuch sinashib musobaqa-lashar edilar. Xatto XIX asrning oxiri XX
asrning boshla-rigacha partada yuqori natijalarga erishish yoki musobaqada olib chiqish, ko‘ngil ochish, dam olish
vositasi deb qaralib kelindi. Uzoq vaqtgacha taolim tarbiya ishlarida axamiyatga ega bo‘lmagan xayot uchun keraksiz
narsa deb baxo berildi. (Lesgaft, 1909; Ebber, 1925; Gaulgoffer va Shtreyxer, 1930). Sport ko‘p qirrali maonoga ega
bo‘lib, ijtimoiy xayotning maxsulidir. Jamiyatda sport bilan shuullanish axamiyati uning jismoniy tarbiya jarayoni deb
qabul qilinadi. Sport jamiyat madaniya-tining asosiy elementi sifatida sport maxoratini oshirish, xarakat sanoatini


egallash, jismoniy sifatlarini rivojlan-tirish orqali jismoniy tarbiya jarayonida vosita tarzida qo‘llanilmoqda. Jismoniy


tarbiyada xarakat qobiliyatini rivojlantirishning imkoniyati cheksiz ekanligi xozirgi kunda sir emas. Bunga dalil
o‘rnatilayotgan rekordlar, sport natija-laridir. Sport natijasi yaxshilash uchun olib borilayotgan izlanishlar, yangi
usuliyatlar, vositalar, sport tayyorgarligi mazmunini boyitmoqda. Bu esa ko‘plab sportchi va trenerlarning jismoniy
tarbiya nazariyasi va uslubiyotini yangi ilmiy-amaliy qonuniyatlar bilan boyitayotganligidan dalolat bermoqda.
Xozirgi kunda sportga qo‘shni qardosh mamlakatlar bilan o‘zaro do‘stlik va xamjixatlik o‘rnatishdek,
musobaqalar paytida chin insoniylik xislatlarini chuqurroq namoyon etishni yuzaga chiqarish vazifasi yuklatilgan.
Turli ijtimoiy sharoitda sportning ayrim xususiyatlari bir-biri bilan butunlay zid keladi, deb qaraladi. Bunga
sobiq sovet sportining maqsadi va vazifasi xamda burjua sportidagi professionalizmning mazmuni misol bo‘la oladi.
Rivojlangan mamlakatlarda sport bilan ko‘proq o‘quvchilar, talabalar, armiya va flot xizmatchilari shuullanadilar.
Asosiy sabab sport xarbiy va xayotiy tayyorgarlikdagi muxim omildir. Bundan tashqari ularda sportning iqtisodiy roli
asosiy o‘rinni egalaydi.
Sportdan ular dam olish, odam organizmining formasi, funksiyasini o‘zgartirish uchun emas, yashash, moddiy
neomat yaratish uchun shuullanadilar.
Sportning tarixiy rivojlanishi shunga olib keldiki, uning ayrim turlari xalqaro obro‘ qozondi, xayotiy-zaruriy
axamiyat kasb etdi, jismoniy tarbiya uchun asosiy vosita sifatida tan olindi. Bularga: yengil atletika, oir atletika,
klassik kurash, boks, suzish, basketbol, futbol, gandbol, tennis, velosport, voleybol, suvda to‘p o‘yini, sport
gimngastikasi va boshqa Osiyo, Ovrupa, Jaxon chempionatlari Olimpiada o‘yinlari dasturiga kirgan va boshqa sport
turlari mansubdir.
Bulardan tashqari boshqa turlar sportning milliy tur-lari deb atalib (xayotiy-amaliy, xarbiy-amaliy va x.k.)
tarbiya jarayonining asosiy vositasi tarzida foydalanilmoqda.
Turizm – reja asosida oldindan mo‘ljallangan sayoxat, ekskursiya, poxod, toga chiqish va sayrlardan iboratki,
bunda biror neomat yaratilmay, jismoniy qobiliyat va jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aktiv dam olishga
yo‘naltirilgan omil deb qaraladi. Geologlar, gidrogeograflarning sayoxatla-ridan maolumki, ular o‘z sayoxatlarini
moddiy qiymat yaratishga maqsadida rejalashtiradilar. Jismoniy tarbiya jarayonida esa uning xususiy tomonlaridan
foydalaniladi.
Turistik sayoxatlarda tabiatning maolum to‘siqlaridan o‘tish kishilarda aqliy, jismoniy, axloqiy - estetik xislat-
larni tarbiyalaydi. Ularga jamoaga munosabat, qo‘rqmaslik, kuch, chidamlilik sifatlarini rivojlantiradi. Sayoxatda to,
dala-ning turmush tarzi, unda yashash, mexnat qilish sharoitga moslashish malakasi va ko‘nikmalari rivojlanadi.
Turizm boshqa jismoniy tarbiya omillariga nisbatan xayotiy-amaliy sharoitda qo‘llanadigan jismoniy mashqlarga boy.
Shunga ko‘ra, ular xayotiyligi va amaliyligi bilan farqlanadi.
Jismoniy tarbiya vositasi sifatida turizm quyidagi asosiy xususityalarga ega:
1. Xayotiy-amaliyligi xususiyati. Mustaqil faoliyat, tashabbuskorlikni tarbiyalaydi. Raxbarlik, boshqarish,
mo‘ljal olish, yo‘lni tanlash va uni to‘ri topish, xaritani o‘qiy olishdek qator malakalarni shakllantiradi va
rivojlantiradi.
2. Turizm jismoniy sifatlar va xarakatlar malakasini baravariga tarbiyalaydi, chunki unda ajratib olingan
mutaxas-sislikka kerak bo‘lgan xislatlar rivojlanmaydi.
3. Safarga tayyorlanish va safar davomida barcha faoliyat, xayotiy axamiyatga ega bo‘lgan yurish, yugurish,
to‘siqlardan oshish va boshqa xayotiy-amaliy mashqlardan foydalaniladi.
4. Turizm shuullanuvchiga maolum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish talabini qo‘ymaydi. Shunisi
bilan u sportga o‘xshaydi.
5. Turizm paytida jismoniy mashqlar organizmga iqlim sharoiti (sovuq, issiq, shamol kabi) va marshrutining
relpe-figa qarab taosir ko‘rsatadi va uning taosiri turlicha bo‘lishi mumkin.
6. Turizmda kuch sinashish, musobaqalashish asosiy o‘rinni egallaydi.
7. Turistik sayoxatlar katnashchilari o‘zlarining ichlari-dan raxbarni saylab oladilar. Raxbar 16 yoshdan yuqori,
tajribaga ega bo‘lgan kishi bo‘lishi shart. Turizmda raxbarning o‘zi xam qatnashchilari bilan ishtirok etadi. U maolum
qo‘shimcha vazifalarni bajaradi: turistik sayoxat marshrutini, qatnash-chilar tarkibini, ular shaxsini o‘rganadi,
jixozlarni ko‘rib chiqadi va amaliy masalarni xal qiladi.
Sayoxat katnashchilari yosh sayyoxlar bo‘lsa, ularga 19 yoshdan kichik bo‘lmagan mutaxasis yo‘riqchi etib
tayinlanadi.
8. Turizm mashulotlarining asosiy formasi poxoddir. Poxodda turizm paytida bilish kerak bo‘lgan barcha forma
va usuliyatlardan foydalaniladi, bu bilan xayotiy zaruriy xarakat malakalari shakllantiriladi.
Mashulotda suzish, tirmashib chiqish va xokazolar, shuningdek, topografiya bilan ishlash, to‘siqlardan
oshishlar-ning xammasi o‘zlashtiriladi.
Turizmga jismoniy tarbiya vositasi tarzida qaraladi tabiiy to‘siqlardan o‘tish, yuk ko‘tarishni jismoniy mashqlar
bilan qo‘shib olib borish tavsiya etiladi.
1960-90 yillargacha qator mualliflar (A.D. Novikov, L.P. Matveev, B.A. Ashmarin va boshqalar) tarbiya
jarayonida qo‘llanilgan mashqlarni tarixan shakllangan jismoniy tarbiya tizimlaridagi belgilariga ko‘ra turkumladilar.
Lekin tizim-larning yangilanishi, tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan mashq-larning takomillashganlarining vujudga


kelishi, yangi mashq-larning tarixan qabul qilingan mashqlar tarkibiga simay qola boshladilar. Chunki xususiyatlariga


qarab ular gimnastika, o‘yinlar, sport yoki turizm mashqlaridan deyarli farq qilar edi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin