Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə94/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish. Xarakat faoliya-tini predmetli tasvirini xis qilish uchun qo‘llaniladi.
Namoyish qilish ko‘rsatishdan ko‘ra qulaylikga ega va kerak bo‘lsa diqqatni statik xolatlarga, fazalarning
almashinishiga qaratish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Namoyish pedagogik vazifa bilan qanchalar aniq boliq bo‘lsa, uni
didaktik axamiyati shunchalar ortadi. U qo‘shimcha usul bo‘lib qo‘llanilayotgan u yoki bu metodni to‘ldirish uchun
xizmat qiladi. Ko‘rgazmali qurol o‘zining o‘lchovi, shakli, rangi, o‘z elementlari joylashishining zichligi bilan
o‘quvchi tomonidan jadvalni qabul qila olish prinsiplarini ifodalasin, turlicha ko‘rgazmali qurollarning xar birini
namoyish qilinishida rioya kilinishi lozim bo‘lgan ayrim usuliyat qoidalarga bo‘ysunsin.
Plakatlar xarakat xolatini ko‘rsatishda bajarishda uru beradigan qiyin joylarni o‘zida aks ettirishi, o‘quvchi
diqqatini chalitadigan elementlardan xoli bo‘lishi zarur. Ayniqsa, mazmuniga ko‘ra faoliyat tarkibidagi xarakatlar
ketma-ketligini bir vaqtning o‘zida aks ettirgan plakatlarning qimmati yuqori bo‘ladi.
Namoyish qilish – o‘quvchilar tomonidan materialni qabul qilishga sharoit yaratishi zarur: birinchidan,
bolalarda kuzatiladigan predmetga qiziqishni shakllantirishi; ikkinchi-dan, ularning diqqati taolimning aniq
vazifalariga xal qiladigan yetakchi elementlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Tushuntirish va namoyish qilish vaqti va
xajmini taolimning vazifasiga bo‘ysundirish kerak bo‘ladi. Xar qanday xolda xam ko‘rgazmali xis qilish o‘qituvchi
savollari va o‘quvchining javoblarini natijalarni aniqlash uchun axamiyati kattadir.
Plakatlarni namoyish qilish texnikasining barcha uchun bir xil talablari mavjud emas. Ular darsdan,
mashulotdan oldin ilib qo‘yiladi yoki dars davomida xarakat faoliyatining zarur bo‘lgan fazalari, elementlarini
o‘quvchilar diqqatining aniq vazifalarni xal qilishga yo‘naltirib namoyish qilish uchun amaliyotda qo‘llanadi.
O‘quvchilarni chalitmaslik uchun namoyishdan so‘ng ular tezlik bilan yiishtirib olinishi yoki joiz bo‘lsa, qoldirilishi
xam mumkin.
Doskaga bo‘r bilan chizmalar chizish o‘qituvchi yetarli darajada chiroyli chiza olish qobiliyatiga ega
bo‘lsagina ruxsat etiladi. Bu plakatlardan bir oz afzallikga ega bo‘lishi mumkin, lekin ularning o‘rnini to‘la bosa
olmaydi. Birinchi-dan, xarakat faoliyatini asta-sekinlik bilan chizayotib, xarakat fazalarini navbat bilan almashinishi,
mashq texnikasining asosi, uning detallari xaqida esda qolarli tasavvurni xosil qilish oson bo‘ladi. Ikkinchidan, rasm
juda xam sodda, mayda chuydalardan xoli bo‘lishi mumkin, u o‘z navbatida, o‘quvchilarni chalitmaydi. Uchinchidan,
doskadagi rasm – namoyish qilish-ning eng operativ metodi, darsning xar qanday daqiqasida qo‘-shimcha vaqt
sarflamay, o‘qituvchi undan foydalanishi mumkin.
O‘quvchilarning o‘zlarini xarakat faoliyati xaqidagi chizmalari, o‘z fikrlarini grafik tarzda ifodalash, bajara
olishni obrazli qilishni o‘ylashga o‘rgatadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin