beradi. Ko‘rgazmali xis qilishda xarakat xolatining tezdashtirilgan chastotada kinoga olish judda katta axamiyatga ega,
chunki unda oddiy kinoga olishdagiga nisbatan juda sekinlashtirilgan suratlar xosil bo‘ladi. Bu, o‘z
navbatida,
xarakatning barcha detallarini ko‘rish imkonini beradi.
Ovoz va rangli signallar kerak bo‘lgan tovushli va rangli mo‘ljallar - xarakatni boshlash yoki tugallash (yoki
aloxida xarakatlar) uchun lozim bo‘lgan temp, ritm, amplituda va xokazolarni berishda qo‘l keladi. Bu metronomni
“urishi” - xarakatga kerakli temp berish uchun, yerdagi
belgilar, bayroqchalar, uloqtirish va x.k. Keng tarqala
boshlagan elektron ovozli yetakchilar, avtomatlashtirilgan mo‘ljallar (mishenplar), zudlik bilan axborot beruvchi
maxsus qurilmalar taolim jarayonining samaradorligiga taosir ko‘rsatmoqda.
11.3. Amaliy usuliyatlar
Bu usuliyatlar o‘quvchilarning o‘zlarini aktiv xarakat faoliyatlariga asoslangan. Shartli ravishda ularni ikki
guruxga ajratamiz:
qatiyyan va qisman reglamentlashtirilgan mashq usuliyatlari (B.A. Ashmarin). Ular orasidagi
farq nis-biy. Darajasi va xarakteri turlicha bo‘lsada, reglamentlash daqiqasi xar bir usuliyatda xam mavjud. Maolum
sharoitda turlicha kichik guruxlardagi (podgruppadagi) ikki xil usuliyat birlashtiri-lishi mumkin. Qisman
reglamentlashtirilgan mashq usuliyati va musobaqa usuliyati orqali bir xil xarakat faoliyati o‘qita-verilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: