Qaysiki o‘sha o‘yinlarni o‘ynashda tezkorlikka yo‘nalti-rilgan vazifalar qo‘yiladi. 3-4 sinflarda esa 20-40m.
Maso-fani tez vaqt ichida bosib o‘tish kerak bo‘lgan o‘yinlar tanlanadi.
O‘smirlarda tezlik kichik yoshdagilarga
nisbatan yaxshi rivojlanadi, qizlarda esa uni teskarisi, 12 yoshdan
boshlab bolalarga nisbatan rivojlanishning qiya chizii pastga tomon ketadi. Sababi ularda organizm yo bosish
jarayoniga beriladi, egiluvchanlik va moslanuvchanlik nisbatan susayadi. Nerv jara-yonlarining kuchi, taosirchanligi
ortib ketadi. 14 yoshga kelib tezlikning rivojlanishi aytarli susayadi. Bular uchun tez bajariladigan jismoniy mashqlar
tanlab olinadi. Tanlangan mashqlar o‘ta yuqori tezlik bilan bajariladigan mashqlar bo‘lishi shart.
Lekin tezlik uchun
mashqlarni xar doim bir maromda, ko‘p marotabalab, takrorlayverish ular organizmida shu tezlik uchun shartli refleks
xosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Unda tezlik rivojlanishi keskin susayadi.
Shuning uchun mashqni turli xil sharoitda, xilma xil tarzda berish tavsiya qilinadi.
Bunga eotiborsizlik tezlik
refleksini xosil bo‘lishiga, bir xil suroatdagi tezlika namoyon qiladigan xolatni yuzaga keltiradi. Ularga beriladigan
mashq tezlik-kuch talab qiladigan bo‘lsin. 5-6 sinflarda 6-9 etapli estafetalar tanlanadi.
Yoshlar va qizlar tezlikni rivojlantiradigan mashqlarga tez moslashadi. Qizlarda tezlik yoshlarnikiga nisbatan
ancha past rivojlangan bo‘ladi. Ular uchun xarakterli vosita qilib 80-100
metrga yugurish, estafetalardan fodalanish
lozim.
Dostları ilə paylaş: