Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə131/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

5. Yakunlash darslari – o‘z mazmuniga va pedagogik vazifasi nuqtai nazaridan xillanayotgan darslardan
butunlay farqlanadi. Bu darslar davomida o‘quv yili, o‘quv choragi, dastur materialini o‘zlashtirish uchun o‘tkazilgan
turkum darslarga yakun yasaladi.
Yakun o‘quvchilarning bilimlari, egallagan xarakat malaka-lari va ko‘nikmalarini baxolash tarzida amalga
oshiriladi. Bunday darslar o‘quv choraklarining oxirgi yoki dastur materialning bo‘limlarini yakuni, o‘qitilayotgan
material uchun foydalanilgan darslar turkumini tugallanishidan so‘ng xamda o‘quv yilining oxirgi darslari sifatida
tashkillanadi. Yakunlov darslari oldindan rejalashtiriladi. Bu darslarga o‘quvchilar o‘zlarining jismoniy rivojlanishi va
jismoniy tayyorgarligining ko‘rsatkichlarini yakuniy xisoboti bilan qatnashadilar. Xozirgi kunda darsning bu xilini ota-
onalar ishtirokida o‘tkazish odatga aylantiriladi. Darsning bu xili faqat o‘quv tarbiya jarayoni uchun yakun bo‘lib
qolmay, eng avvalo o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar uchun xam yakuniydir. Darsning bu xili xam yuqorida qayd
qilingan o‘zining tashkiliy tuzilmasining qismlaridan tashqari xar bir qismning tarkibiy elementlariga ega.
Jismoniy tarbiya darslarini yuqorida qayd qilingan pedagogik vazifalariga ko‘ra xillashdan tashqari ularni
tashkillash xarakteriga qarab xam xillanadi. Ular: 1. Aksentli (uruli) darslar. 2. Aralash darslar. 3. Kompleksli darslar.
1. Aksentli darslar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘quv dasturining aloxida ajratilgan bo‘limi bo‘yicha (gimnastika,
yengil atletika, voleybol, basketbol va x.k.lardek darslar tarzida) uyushti-riladi. Darsda o‘qitish jarayoni faqat shu
bo‘lim materialini o‘zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtirishga yo‘naltiri-ladi. Dars qismlarining tarkibiy
elementlari xam shu bo‘lim materialidan iborat bo‘lishi shart.
2. Aralash darslar o‘zining mazmunida o‘quv dasturining tarkibidagi bir necha bo‘lim materialini o‘qitishni
xam yangi o‘zlashtirilmagan, xam o‘zlashtirilib, takomillashtiriladigan materialni o‘qitishga aralash dars deyiladi.
O‘quvchilar bir necha guruxlarga ajralib, dars davomida o‘zlashtirib ulguril-magan mavzular ustida ishlaydilar.
3. Kompleksli darslarning mazmuni o‘quv dasturining turli xil bo‘limlari bo‘yicha u yoki bu jismoniy sifatni
tarbiyalash yoki pedagogik vazifalariga ko‘ra tanishtirish, o‘zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtirishni maqsad
qilib, bir darsning o‘zida bir necha mavzu (voleybol, yengil atletika, suzish, gimnastika va x.k.lar) o‘qitiladi.






Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin