13.3.9. Darsning umumiy va motor (xarakatga soluvchi) zichligi
Darsning samaradorligining ko‘rsatkichlaridan biri uning zichligidir. Darsni zichligini bir butun yoki uni
qismlarining o‘zini aloxida aniqlash mumkin. Bu darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarida ishni tashkil
qilishning sharoitini bir xil emasligi bilan boliq. Dars yoki uning qismlari uchun sarflangan vaqt 100% deb qabul
qilinadi.
Umumiy (pedagogik) va motor (xarakatga solish) zichligi deb dars zichligi ikki xilga ajratiladi.
Darsning umumiy zichligi – bu darsni umumiy davomiy-ligi uchun pedagogika nuqtai nazaridan ratsional
sarflangan vaqtning nisbati deb qarash qabul qilingan. boshqachasiga aytganda darsda foydali ish uchun sarflangan
vaqt tushuniladi. Pedagogika nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq deb xisoblangan quyidagi tadbirlar darsning
umumiy zichligining komponent-lar xisoblanadi (V.F. Novoselpskiy, 1989).
1) o‘quvchilarni uyushtirish, uyga vazifani tekshirish, darsga vazifa qo‘yish;
2) nazariy maolumotni berish va mustaxkamlash;
3) umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni o‘tkazish;
4) instruktani o‘tkazish, boshqarish, korreksiyalash (xato-larni tuzatish), yordam, xavfsizlikni oldini olish;
5) jixozlarni tayyorlash va yiishtirish, o‘quvchilarni darsda lozim bo‘lgan darajada o‘rin almashtirish;
6) jismoniy mashqlarni texnikasini o‘zlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
7) o‘quvchilarni usuliyatlar nuqtai nazarida tayyorlash, mustaqil shuullanishni uddalashga o‘rgatish,
tashkilotchilik malakalarini berish;
8) o‘quvchilarni dalil keltirib quvvatlamoq;
9) mashqlarni ko‘rsatishda ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalar, mashqlarni ko‘rsatib berish;
10) pedagogik nazorat;
11) darsda tarbiyaviy ish;
12) yakun yasash, muskullarni bo‘shashtiradigan mashqlarni bajarish, uyga vazifa tayinlash.
Darsning umumiy zichligini (UZ) yoki uning qismlarini zichligini aniqlash uchun o‘quvchilarning aktiv «faol»
xarakatlariga (FX)ga sarflangan vaqti umumlashtiriladi. Bunga tfx jismoniy mashqlarni bajarish uchun sarflangan
vaqt, eshitish, kuzatish va darsni tashkillash, o‘zini oqlamaydigan kutishlar va o‘quvchilarni bekor qolishi uchun
sarflangan vaqtdan boshqa xammasi kiradi. Bu vaqt 100%ga ko‘paytirilib va darsning «umumiy» «vaqtiga» tu
bo‘linadi.
=
×
=
у
фх
t
t
УЗ
%
100
To‘laqonli jismoniy darsining umumiy zichligi 100% ga yaqin bo‘lishi lozim. Umumiy zichlikni kamayishiga
quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
- o‘zini oqlamaydigan darsdagi besamarv aqt (darsni kech boshlanishi, mashulot joyini, jixozlarni tayyor
emasligidan o‘quvchilarni navbat kutishi va boshqalar orqali sodir bo‘ladigan o‘quvchilarni bo‘sh qolishidan;
- o‘qituvchini darsga tayyor emasligi, darsni tashkilla-nishi va mazmunini o‘ylamaslik orqasidan sodir
bo‘ladigan pauzalar;
- darsda o‘quvchilar uchun ortiqcha va samarasi oz bo‘lgan so‘zlar orqali beriladigan axborot;
- shuullanuvchilar intizomini qoniqarsizligi, buyruq va ko‘rsatmalarni ko‘p marotabalab takrorlashlar,
o‘quvchilarga beriladigan ogoxlantirishlar, takroriy tushuntirishlar vaqt-dan noratsional foydalanishga sabab bo‘ladi va
x.k.lar.
Masalan, agar o‘qituvchi aybi bilan darsda bo‘sh qolish 1 min.ni tashkil etsa, unda darsning umumiy zichligi
quyidagicha xisoblanadi.
%
5
,
97
40
%
100
39
=
×
=
мин
мин
УЗ
Dostları ilə paylaş: |