14-BOB. SPORT TReNIROVKASINING ASOSLARI
14.1. Umumiy xarakteristikasi
Sport trenirovkasi pedagogik xodisa bo‘lib, mashq qilish usuliyatlari tizimi yordamida bevosita yuqori sport
natija-lariga erishishga qaratilgan va jismoniy tarbiyaning ixtisos-lashgan jarayonidir. Shuni taokidlash muximki, sport
pedago-gika nuqtai nazaridan birdan-bir maqsad bo‘lmasdan, tarbiya-lash, solomlashtirish va xayotga tayyorlashning
vositasidir.
Sport mashulotining vazifalari: solikni mustaxkam-lash va maonaviy tarbiya talablari, shaxsni xar tomonlama
garmonik rivojlantirish; sport texnikasi va taktikasini egallash; tanlangan sport turiga xos jismoniy, ruxiy va irodaviy
sifatlarni rivojlantirish, sport gigienasi va o‘z-o‘zini nazorat qilish soxasida amaliy va nazariy bilimlarni egallashdan
iborat. Sport mashuloti davomida faqat yuqori maxoratinigina egallamasdan, soligini mustaxkamlash, jismo-niy
sifatlarini rivojlantirish, serunum mexnat va Âàòàí ximoyasi uchun zarur bo‘lgan xayotiy zaruriy malakalarni eggalash
vazifalari xal qilinadi.
14.2. Sport trenirovkasi vositalari
Yuqori natijalarga erishish uchun jismoniy tarbiyaning barcha vositalari jismoniy mashqlar, gigienik omillar va
tabiatning solomlashtiruvchi kuchlari, shuningdek, mashulotlar davomida vositalarning keng ishlab chiqilgan tizimi
qo‘llani-ladi. L.P. Matveev sportchilarning yutuqlariga qarab sport turlarini trenirovka vositasi sifatida 5 guruxga
ajratadi.
1. Yakka kurash, yengil va oir atletika, sport o‘yinlari, gimnastika va boshqa sport turlari.
2. Matotsikl, avtomobilp, samalyot, qayiq kabi texnik vositalari.
3. Miltiq, kamon kabi nishonga olish sport turlari.
4. Aviomodellar, avtomodellar singari konstruktorlik sport turlari.
5. Shaxmat, shashka, yangi maonaviy sport turlari.
Barcha vositalar musobaqalash va tayyorlov mashqlariga bo‘linadi, tayyorlov mashqlari o‘z navbatida maxsus
tayyorlov va umumtayyorlov mashqlarini o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |