Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org
14.3. Sport trenirovkasi usuliyatlari
Yuqori sport maxoratiga erishishga qaratilgan barcha vositalar sport mashuloti usuliyatlariga kiradi. Xarakat
faoliyatiga o‘rgatish usuliyatlari jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining umumiy asoslaridan sizga maplumdir.
Bu yerda ularni sport mashulotlariga nisbatan aniqlashtirishga to‘ri keladi. Usuliyatlarning asosiy maqsadi xarakat
malakalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qara-tilgan. Sport mashulotida belgilangan
vazifalariga ko‘ra, qatoiy reglamentlashtirilgan mashq usuliyatlarining turli xil variantlardan foydalaniladi.
Trenirovka mashulotlaridagi xarakat malakalarini takomillash-tirish jarayonida standart va almashtirib mashq qilish usuliyati keng qo‘llaniladi.
Xarakat sifatlarini va organizmning funksiyalarini takomillashtirishda maqsadga muvofiq tanlangan mashqlar
kompleksi, interval mashq qilish usuliyatini (navbatdagi nagruzkalar orasida belgilangan vaqtda dam olish), uzluksiz mashq qilish (dam olinmasdan mashqlar kompleksi uzluksiz bajariladi) va yuqorida qayd qilingan turli xil usuliyatlar
qo‘llaniladi. Bir usuliyatning o‘zi keng vazifalarni xal qilish va sportchini tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilishi
mumkin, masalan, yugurishda o‘zgaruvchan mashq qilish usuliyati yordamida bir vaqtning o‘zida chidamlilikni
tarbiyalash, yugurish texnika-sini takomillashtirish, masofa bo‘ylab kuchni taqsimlashning taktik variantlarini mashq
qilish mumkin va xokazo, yaoni bir usul orqali sportchining jismoniy, texnik va taktik tayyor-garligini amalga oshirish
mumkin.
Qatoiy reglamentlashtirilgan usuliyatdan tashqari sport mashulotida musobaqalashish va o‘yin usuliyati, shuningdek, doiraviy mashq qilish metodi keng qo‘llaniladi.
Musobaqalashish usuliyatining asosini faqat raqib bilan kuch sinash emas, balki o‘z-o‘zi bilan xam
musobaqalashish mashqlari xamtashkil qiladi. Shuning bilan birga mashulotga kiritilgan o‘yin usullari yordamida
yuqori ruxiy ko‘tarinki-likka erishiladi, fikrlash qobiliyati, qo‘yilgan maqsadga erishish, irodasi va qatoiyyati
rivojlanadi.