Musobaqalashuv mashqlarining kompleksi – doimiy mazmunga ega bo‘lgan ikki kurash va ko‘pkurashlardan
iborat. Bir turdagi ko‘pkurashlarga konpkida yugurish to‘rtkurashi, to chanisi uchkurashi kirsa, turlari ko‘p ko‘p
kurashlarga yengil atletika o‘nkurashi, zamonaviy beshkurash, chani ikki kurashi, «Alpomish» va «Barchinoy»
ko‘pkurashlari kiradi.
Trenirovkada musobaqalashish mashqlari asosiy o‘rinni tutadi, chunki ular yordamida sport klassifikatsiyasi
bilan belgilangan maxsus talablarning majmuyi yaratiladi. Biroq, bu kompleks mashulotlarda nisbatan kam
qo‘llaniladi. Chunki ular organizmni tez charchatadi, xar doim xam samarali bo‘lmagan stereotiplarni
mustaxkamlanishiga sabab bo‘ladi va x.k.
Musobaqalashish mashqlari mashulotlarda katta variativ-ligi bilan yajralib turishi zarur. Maxsus tayyorgarlik
mashq-lari musobaqalashish xarakatlarini shakli va xarakteriga o‘xshash xarakatlarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, yengil atletikachilarda muayyan masofaning ajratilgan qismlari bo‘yicha yugurishi, musobaqalashish
kombi-natsiyasining elementlari va bo‘laklarini yoki immitatsiya mashq-larni bajarishi shular jumlasidandir. Mashqlar
tanlab olingan musobaqalashish mashqi bilan qandaydir yaxlitlikka ega bo‘lgan taqdirdagina maxsus tayyorgarlik
mashqlari daraja-sida bo‘lishi mumkin. Sport mashulotining qayd qilingan vositalari faqatgina jismoniy vositalar
bo‘libgina qolmay, balki sportchini texnik, taktik va irodaviy tayyorlash vositasi xamdir.
Dostları ilə paylaş: