Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


-BOB. UMUMIY TAOLIM MAKTABI



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

 
13-BOB. UMUMIY TAOLIM MAKTABI
O‘QUVChILARINING JISMONIY TARBIYaSI 
«Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni biz pedagoglardan maktabda ishlash uchun jismoniy 
tarbiyaning asosi nimalardan iboratligi, uning mazmuni, tashkil qilini-shini, bolalarni xarakatga o‘rgatish 
metodikasini bilishni talab qiladi». 
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta-sekinlik bilan ularni jismoniy 
kamolotga erishishi va shu asnoda xayotga, ijodiy mexnatga va Âàòàí mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi. 
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar xal qilinadi. 
Umumiy vazifalar – bilim berish, jisman tarbiyalash va solomlashtirishdan iborat bo‘lib, xususiylari esa 
jismoniy tarbiyadan Davlat taolim standarti dasturidagi maxsus vazi-falar tarzida xal qilinadi. 
Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi: 
1) o‘quvilar organizmining soligini mustaxkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish; 
2) turli xildagi mexnat faoliyatiga tayyor bo‘lish uchun shu yoshga xos bo‘lgan jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish; 
3) xayot uchun kerakli xarakat malakalari va ko‘nikma-larini rivojlantirish va keyinchalik kerak bo‘ladiganlari 
bilan qurollantirish; 
4) o‘quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilim-larni berish; 
5) o‘quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shuullanishiga qiziqtirish va unga odatni shakllantirish; 
6) o‘quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini 
tarbiyalashdek vazifalarni xal qiladi. 
Bu vazifalar maonaviy tarbiyaning elementlari xisob-langan axloqiy ruxiy estetik va mexnat tarbiyalarining 
vazifalari bilan birgalikda o‘quvchilarni yoshini ulayishi, jisman tayyorgarligiga qarab o‘qitishning ayrim etaplarida 
aniqliklar kiritiladi va maktab yoshining quyidagi 3 xil guruxidagi taolim tarbiya ishlarida xal qilinadi. 
Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarda (1-4 sinflar) organizmI tabiiy rivojlanishida bo‘ladi. Biz uni 
garmonik rivojlanishini yo‘lga qo‘yishimiz kerak bo‘ladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funksiyasi, xarakat 
tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga eotibor beriladi, 
bulardan tashqari qomatni to‘ri tuta bilishga o‘rgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigIena qoidalariga oid bilimlar qo‘shib 
berish bilan tarbiya jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. 
12-15 yoshlilarda (5-9 sinflar) jismoniy mashqlar o‘sayotgan yosh organizmga samarali taosir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga quly imkoniyatlar ochilgan bo‘ladi. 
Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazi-fasi xayotda uchraydigan xarakat malakalarini ratsional 
texnikasi bilan tanishtirish (gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, velosipedda yurish va sport taktikasi)ga oid oz 
bo‘lsa xam nazariy tushuncha berishdir. Bu davrda bolalarni «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testining talablari va 
normalarini topshirishga tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Jismoniy mashqlar bilan shuullanish natijasida sport maxoratini 
oshayotganligini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va axamiyatini tushuntirish jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Asta 
sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati takomillashtiri-ladi, musobaqa qoidalari o‘zlashtiriladi, xakamlik qilish 
malakalari rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabi-atning solomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishga o‘rgatish 
lozim bo‘ladi. 
16-18 yoshdagi umumtaolim maktabi, akademik, kasb-xunar litseylari va kollejlarning o‘quvchilari organizmi 
yoshi ulay-gan sari baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jarayonini yanada kuchaytirishga yo‘naltiriladi. Jismoniy 
mashqlar bilan tizimli shuullanish taolim tizimining shu yoshdagilarida ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy xarakat 
faoliyatlari uchun chidamlilik zaxiralarini oshirish, o‘z tanasini boshqara olish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik va boshqa 
xar tomonlama jismonan garmonik tarbiya alomatlarini chuqurlashtirishga eotiborni qaratadi. 
Organizm o‘sib borar ekan uning funksional imkoniyat-larini oshib borishi xam tabiiy. Oldin egallangan 
xarakat malakalari zaxirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim bo‘lgan xarakat malakalari uchun poydevor 
yaratiladi. Bu yoshda-gilarda ularning jismoniy madaniyat soxasidagi bilimlarni boyitish, sport trenirovkasi asoslari, 
sportchini o‘z-o‘zini nazorat qilishi qoidalariga o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin