Darsni moddiy texnik taominlash deganda, darsning optimal zichligini taominlashga imkon beradigan,
qo‘yilgan kompleks vazifalarni to‘laqonli xal qilish uchun garantiya beradigan, yetarli darajadagi o‘quv-tarbiya
jixozlari, anjom-lari va mashulot joyi nazarda tutilgan.
Oxirgi yillarda ko‘pchilik maktablarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tashabbusi bilan sport zallari va
sport maydonlari birdaniga ko‘pchilik o‘quvchi shuullanishi mumkin bo‘lgan nostandart jixozlar, anjomlar va
trenajerlar bilan jixozlanmoqda. Bunday jixozlardan foydalanish dars zichli-gini axamiyatli darajada yuqori effektli
tashkiliy formasini vujudga kelishi, oxir oqibat mashulotlar natijalarini oshishiga olib kelmoqda.
13.3.3. Jismoniy tarbiya darsning mazmuni Jismoniy tarbiya darsining mazmuni dars mashulotla-rini sifatini belgilovchi to‘rtta asosiy komponentning
umumiyligida ifodalanadi. Bu elemenlar o‘zaro uzviy bolangan va darsning xarakterli komponentlari deb ataladi, ular:
a) darsning tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar. Darsning mazmunining eng yirik xarakterli komponentidir.
Lekin bunday tushuncha bir tomonlama bo‘lib, tarbiyalash, so-lomlashtirish, bilim berish vazifalarini xal qilishda
shuul-lanuvchilar uchun faoliyat predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Mashqlar darsning umumlashtirilgan predmetining
mazmuni, boshqa maonoda dars mazmunining bir qirrasi xolos.
b) tavsiya qilingan mashqlarning bajarish bilan boliq bo‘lgan o‘quvchilarning darsdagi faoliyati dars mazmunining navbatdagi yirik komponentlaridan biri. Bu komponent shuullanuvchini turli ko‘rinishdagi, intellektual
va jismoniy faoliyatdan iborat bo‘lib, ular: pedagogni eshitish, ko‘rsati-layotgan mashqni eotibor bilan kuzatish,
xarakat faoliyati orqali xosil bo‘lgan tasavvurni ustida fikr yuritish, baja-rilishi lozim bo‘lgan faoliyatni loyixasini
fikran tuzish, uni bajarish, o‘z xarakatlarini nazorat qilish va baxolash, vujudga kelgan muammolarni pedagog bilan
birgalikda muxo-kama qilish, o‘z xissiyotini va kayfiyatini nazorat qila olish, vujudga kelgan emotsionallikni
boshqarish va x.k.lardir. Shuullanuvchilarini dars vazifasini xal qilish bo‘yicha barcha faoliyatlari dars mazmuni
asosini tashkil qiladi.
v) pedagogning faoliyati dars mazmunining navbatdagi komponenti bo‘lib, quyidagicha xolatlarda namoyon
bo‘ladi. Uyga vazifa berish va uni tushuntirish, darsning aniq vazifasini bayon qila bilish va uni xal qilishni
tashkillash, shuulla-nuvchilarni doimiy nazoratda ushlash, ularni faoliyatini taxlil qilish, shuningdek
shuullanuvchilarning faoliyatini lozim bo‘lgan yo‘lga burish, ular orasidagi munosabatlarni o‘zining diqqat markazida
ushlash va faoliyatlarini yo‘nalti-rish, boshqarish, nazorat qilishdek taolim-tarbiya jarayonida ijobiy rol o‘ynaydigan
muxim asosiy xolatlarni o‘z ichiga oladi.
g)shuullanuvchilar organizmida dars tarkibidagi mashq-larni bajarishda sodir bo‘ladigan fiziologik, psixologik, biomexanik va boshqa o‘zgarishlar dars mazmunining navbatdagi yirik xarakterli komponentlaridan biri xisoblanadi.
Mala-kalarni shakllanishi orqali rejalashtirilgan, ularning nati-jasidagi o‘zgarishlar, shakllangan nazariy va amaliy
bilimlar, uddalash, xarakat malakasi va uning avtomatlashuvi orqali sodir bo‘ladigan yashirin (latent) davr darsning
mazmunining to‘rtinchi komponenti xisobiga sodir bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchilar faoliyatining
samarasi yashiringan bo‘ladi. Rejalashtirilgan o‘quv tarbiyaviy ishlarni sodir bo‘lmoqdami yoki yo‘qligi joriy nazorat
qilinib, pedagogik faoliyat keyinchalik qanday davom ettirilishi lozimligi uchun yo‘riqnomalar tayyorlanadi.