tezlanish deb ataladi.
Xarakat ijobiy va salbiy xam bo‘lishi mumkin. Xarkat yuqori tezlikda boshlanib, maromi tezlashib va
sekinlashib tursa, bu kabi xarakat keskin xarakat deb nomlanadi. Odamda doimiy tezlik va tezlanish bilan
bajariladigan xarakatlar onda-sonda uchraydi. Bundan tashqari, texnikasi to‘ri bajaril-gan jismoniy mashqlarda
birdaniga tez yoki sakrashlar bilan bajariladigan mashqlar bo‘lmaydi. Noto‘ri bajarilgan mashq-lar tezligi tez
sakrashlar orqali bajariladi.
Ayrim xollarda xarakatning tezligi deganda, tananing xarakat tezligi tushunilmay, uning ayrim bo‘laklari (qismlari) tezligi xam tushuniladi. Yuqoridagilar, bo‘inlarning uzun–kaltaligi, tashqi muxit taosiri, qarshiligi, xarakat
qobiliyat-larining turli-tumanligidek boshqa faktorlarga xam boliq bo‘lib tezlikni namoyon qilishda yetakchi o‘rinni
egallaydi. Sportchida xarakat tezligi asosiy sifatlardan biridir. Tezlikni yuqori bo‘lishi yuqori ko‘rsatkich omilidir.
Tezlik namoyon qilishdan ko‘ra uni ushlay olish (musobaqa, mashq bajarish davomida) muxim rolp o‘ynaydi. Tezlikni
oldindan rejalashtirilgan jadval bo‘yicha ushlay olish muntazam mashulotlar orqali erishiladi.
Xarakatni davomiyligi. Xarakatni uzoq davom etishida asosiy rolni tananing qismlari egallaydi. Mashqni baja-
rilish muddatini o‘zgartirib, yaoni bajarilish vaqtini ozayti-rib yoki ko‘paytirib, darsning umumiy nagruzkasiga taosir
etish mumkin. Jismoniy mashqlar texnikasida xarakatni ayrim zvenolarini uzunligi (uloqtirish uchun yugurish,
suzishda quloch otish, chanida siranish va x.k.) katta axamiyatga ega bo‘lib, bajarilayotgan ish yoki uni muddati
xaqida axborotlar berib turiladi.
Xarakatning tempi deganda xarakat siklining qaytari-lish chastotasi yoki maolum vaqt birligi ichida bajarilgan
xarakat tushuniladi. Yurish tempi minutiga 120-140 qadamdan, eshkakni suvga botirish tezligi 30-40 marotaba
bo‘ladi. Temp bilan tezlikni farqlashimiz lozim. Masalan, qo‘lni bir tempda turli balandlikka ko‘tarish va tushurish
xarakatini takrorlash mumkin, lekin bunda qo‘l xarakati tezligi turlicha-dir. Yugurish qadamlarining uzunligi bir xil
bo‘lmasada, qadam chastotasi bir maromda bo‘lsa yugurish tezligi xam turli xilda bo‘ladi.