Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi xam keng kamrovli emas edi.
Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib,
maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo‘ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruxlarga bo‘ldi:
1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yuklamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi
xolatiga yoki muskul ishining bajarilish vaqtiga ko‘ra bajariladigan mashqlar. 4.
Texnik jixatdan qiyin, tizimli ravishda
bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko‘rsatib
turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik
prinsiplarga yo‘naltirilgan. Lekin bu xam jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to‘laqonli o‘z tarkibiga sidira olmagan.
Xozirgacha to‘liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya
tizimi xam bu vazifani uddalamadi.
Dostları ilə paylaş: