Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


 Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) prinsipi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

10.6. Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) prinsipi 


Jismoniy tarbiya jarayonining ushbu prinsipi mashu-lotlarda shuullanuvchilarga qo‘yilayotgan talablarning 
umumiy tendensiyasini ifodalab, yangi, qiyin vazifalarni tanlash, qo‘llash, bajarishni, asta-sekinlik bilan unga boliq 
bo‘lgan nagruzkalarning xajmi va intensivligini oshirishni meoyoriga eotiborni o‘z ichiga oladi. 
Nagruzkalarning oshirishning umumiy tendensiyasi bilan vazifalarni yangilash zaruriyatining doyimiyligi. 
 Jismoniy tarbiya jarayoni, mashulotdan-mashulotga, bir etapdan-boshqa etapga uzluksiz o‘zgarib boradi. 
Xarakterli belgilari: mashqlar murakkabligini, ular taosirini darajasi davomiyligining o‘zgaruvchanligidir. 
Jismoniy tarbiya jarayonida xarakat faoliyatlarining bir shakldan ikkinchi shakliga aylanishi aytarli darajada 
qiyin bo‘lib, birinchi navbatda maolumot berish vazifalarini xal qilishdek zaruriyat bor. Tabiyki, mashqni yangilamay 
turib, xayot uchun axamiyati zaruriy xarakat malakalari va ko‘nikma-larini yuzaga keltirish qiyin. Bu keyinchalik 
takomillash-tirishning shartiga xam aylanishi mumkin, chunki mashq qancha yangilansa, xarakat malakasi va bajara 
bilish zaxirasi shuncha kengayadi, shu sababli xarakat faoliyatlarini yangi shaklini o‘zlashtirish, egallash, oldin 
egallangan malaka va ko‘nikma-larni takomillashtirish osonlashadi. Yana xam axamiyatlisi, turli xil xarakat 
koordinatsiyalarini o‘zlashtirish jarayoni natijasida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni yengish (xarakat vazifalari)ni xal 
qilishda, o‘z-o‘zidan mashqlarni koordina-siyalash qobiliyati rivojlanadi va ularni takomillashtirish-ning bepoyon 
ufqlari ochiladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida xarakat faoliyatlarining shakllarini qiyinlashtirish jismoniy nagruzkaning barcha 
komponentlarini oshib borishi bilan kuzatiladi. Bu o‘z nav-batida quyidagi jismoniy sifatlar: kuch, tezkorlik, chidam-
lilikni rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy mashqlar taosiridan organizmda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar 
darajasi (maolum darajadagi fiziologik chegarada) nagruzka-larning xajmi va intensivligiga proporsionaldir. Lozim 
bo‘lgan barcha shartlarga rioya qilinsa, nagruzka meoyoridan, yangi toliqish chegarasi boshlanadigan joydan oshirib 
yuborilmasa – uning meoyori qancha yuqori bo‘lsa, organizmdagi adaptatsiya davri shunchalar axamiyatli va pishiq 
bo‘ladi; nagruzka qanchalik intensiv, tiklanish va “yuqori tiklanish” jarayoni shunchalik baquvvat bo‘ladi. Bu 
muskullarning energiya resurslarini tiklanishi misolida tajribada isbotlangan. 
Organizmning javob reaksiyasi bir xil nagruzkalarga o‘zgarmas bo‘lib qolavermaydi. Chunki nagruzkaga 
moslashgan sari undan organizmda sodir bo‘ladigan biologik o‘zgarishlar eski-radi, tashqi ish birligiga sarflangan 
energiya ozayadi, o‘pka ventilyasiyasi, yurakning minutli urish chastotasi va qon bosimi kamayadi: qon tarkibidagi 
bioximik va morfologik o‘zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi. Fiziologik nuqtai nazaridan “funksiyani 
tejamlashtirish” sodir bo‘ladi. Orga-nizm funksional imkoniyatining o‘zgarmas ishlariga moslashi-shining ortishi 
natijasida shu ishni bajarishda energiya sarflashni iqtisod qilish, qisman zo‘riqish bilan bajarishga olib keladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin