Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Kuch imkoniyati kichik yoshdagilarda unchalik baland emas. S.I. Galpperin tajribasi natijasi 7-8 yoshdagi 
bolalar qo‘li bilan 2,5 kg kuchga ega ekanligini ko‘rsatadi. Qizlarda esa bu sifat anchalik sust rivojlangandir. Ularni 
tezlik sarf qiladigan mashqlar bilan ko‘p band qilmaslik kerak. I-II sinflarda jismoniy mashqlar asosan jixozsiz 
bajariladi. III-IV sinflarda esa nisbatan ozgina yuk ko‘tarib bajaradigan mashqlar tanlandi. Rezina to‘plar, 
gimnastika tayoqlari, yengil otish bilan bajariladigan mashqlar qo‘llaniladi. I-II sinf-larda asosan tanani to‘ri tutish 
uchun qorin, ko‘krak, bel yonbosh muskullarini rivojlantirishga asosiy eotiborni qaratish kerak, chunki ularda tanani 
to‘ri tuta bilish malakasi yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. 
O‘rta maktab yoshdagilarda kuchni yaxshi rivojlangan ekan-ligini ko‘rish mumkin. Muskullar asta-sekinlik 
bilan statik ishlar bajarishga moslasha boshlaydi. Qo‘l muskullari, yelka muskullari kuchi yaxshi rivojlana boshlaydi. 
Sport jixozlarida bajariladigan mashqlar xam qo‘l keladi. 
14-15 yoshdagi qizlarda jismoniy rivojlanish xamda jismoniy sifatlardan kuchni rivojlanishi bolalarga nisbatan 
orqada qolishi kuzatiladi. 
Kuch uzoq vaqt davom etmaydigan, o‘z kuchi bilan bajariladigan, tezlik-kuchi sarf qiluvchi intensiv mashqlar 
bilan, 5-6 sinflarda 1-2 kilogrammli charm to‘plarni iritish, ilish, kanatga tirmashib chiqish, oirligi 2-3 kg keladigan 
to‘plarni uloqtirishdek mashqlar bilan rivojlantiriladi; 7-8 sinflarda shu mashqlar tezlik-kuch bilan bajarilishi orqali, 
individual xususiyatni xisobga olib, organizmga tushadigan jismoniy yukni ortishi orqali amalga oshiriladi. 
Yuqori sinf o‘quvchilarida esa oir yuk tashish, ko‘tarish, uzunlikka, balandlikga sakrash, uloqtirish, 
tortishmachoq o‘yin-lari, kurash elementlarini o‘rganish va boshqa qator jismoniy mashqlar bilan rivojlantiriladi. Kuch 
sifatini rivojlan-tirish extiyotlikni talab qiladi. Chunki yosh organizmga xali baloatga yetmay turib bu mashqlarni 
yaxshi bajarish uchun imkoniyat kam bo‘ladi. 
Chidamlilik I-II sinf o‘quvchilarida energiya sarf qilib bajariladigan jismoniy mashqlarni bajarishni uzoqroq 
davom ettirish orqali tarbiyalanadi. Xarakatli o‘yinlarni o‘ynash xam bundan mustasno emas. Yoshi ulaygan sari bu 
sifat xam tabiiy rivojlanib boradi. Bolalarda qizlarga nisbatan bu sifat unchalik yaxshi rivojlanmaydi. O‘smirlarda 
chidamlilik 300-400 metrga yugurishni yurish bilan almashtirib yoki o‘sha masofani bir xil belgilangan suroatda 
yugurish (belgilangan vaqt ichida maolum masofani bosib o‘tish)lar yoki velosipedda yurish, suzish kabi mashqlar 
orqali rivojlantirish tavsiya qilinadi. 
VII-IX sinflarda xam shu mashqlar tezlikni ortirib bajarish orqali bajariladi. Xarakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari 
yuqori sinflarda bu sifatni rivojlantirish uchun vosita bo‘ladi. 
Egiluvchanlik. Bu sifatni rivojlantirishga eng qulay yosh kichik maktab yoshidir. Bunda muskullar, bo‘inlar 
xarakati katta yoshdagilarga nisbatan yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun xam bu yoshdagilarda xarakatli o‘yinlar orqali 
egiluvchanlikni rivoj-lantirish mumkin. 
O‘smirlarda bu xususiyat kichik yoshdagilarga nisbatan susaygan bo‘ladi. Shuning uchun bularga jismoniy 
tarbiya darslarida egiluvchanlikni rivojlantiruvchi jismoniy mashq-lar ko‘proq berilishi kerak bo‘ladi. Ularga mashqlar 
berishda extiyotlik zarur, chunki ular mashq axamiyatini bilmay muskul-larni keragidan ortiqcha zo‘riqtirish orqali 
ularni cho‘zib qo‘yishi mumkin. Bu esa jaroxatlanish va boshqalarga olib keladi. 
Katta maktab yoshdagilarga iloji boricha ko‘proq egiluv-chanlikni rivojlantiruvchi mashulotlar tashkillash 
lozim bo‘ladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin