Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

7.2. Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi 
 
Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shuullanish davomida charchoqka qarshilik ko‘rsatish 
darajasi chidamlilik sifati deb ataladi. 
Jismoniy mexnat (sport faoliyati) ni bajarayotgan kishi sekin asta o‘z faoliyatni davom ettirishi qiiynlashayot-
ganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi o‘zgaradi, muskullarida xorinilik sezadi, 
xara-kat koordinatsiyasi, xarakat texnikasi tarkibidagi element-larning bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olishi 
ritmi chuqurligi o‘zgaradi. Bajarayotgan xarakati tarkibida qo‘shimcha keraksiz xarakatlar paydo bo‘ladi, qo‘shilib 
qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexanik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. 
Faoliyatni davom ettirish esa ruxiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday xolatni konpensatsiyali 
charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasini ortganligiga qaramay, ish intensivligi pasaya borsa, konpensatsiyasiz 
charchoq fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o‘zi nima? Mexnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining vaqtinchalik susayishi ChARChOQ 
deyiladi. Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. Chunki, xar 
bir individning chidamliligini rivojlanganligi turlichadir. 
Bobkalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosidan charchash mavzusiga katta eotibor berilgan. Bir 
minginchi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma to‘rtinchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul 
qonun fit Tib”da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga kelti-rishiga to‘xtalib uni to‘rt xilga ajratib 
izox bergan:
1. Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
2. Qotib charchash – unda kishi go‘yo gavdasini ezilgan yoki majalangan gumon qilib tanasida issiqlik va 
bo‘shashishni sezadi.
3. Shishli charchash – bunda tana odatdagidan qizarganroq bo‘lib, ovlaganga o‘xshash xissiyat sezadi.


4. Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini qurigan va kovjiraganroq sezadi.
X asrgacha O‘rta Osie xalqlari jismoniy tarbiyasi tari-xida tan tarbiyasining ilmiy-amaliy fikrlari birinchi bo‘lib 
yuqorida qaydilingan asarda ifodalanganligi eotibor bersak bu asar charchoqning ichki mexanizmini mukammal bayon 
etib uni organizmda tiklanishi xaqida tibbiy maslaxatlar berilgan.
Jismoniy tarbiya amaliyotida aqliy, jismoniy, emotsio-nal, sensor charchoqlarni farqlashimizga to‘ri 
kelmoqda.
Chidamlilik vositalar va vositalarsiz o‘lchanadi. Chidam-lilikni vositali o‘lchash uchun maolum tezlik bilan 
yugurish tavsiya qilinadi, xamda o‘sha intensivlikni bo‘shashtirmay ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi 
boshlangunga qadar) xisoblanadi. Shuning uchun to‘ridan-to‘ri chidamlilikni o‘lchash juda noqulay. Ko‘proq vositasiz 
ulchashdan foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan vaqtiga 
qarab chidamlilikga baxo beriladi. 
Kishining xarakat faoliyati turlichadir. Charchoqning xarakteri va mexanizmiga qarab maxsus va umumiy 
chidamlilik farqlanadi. Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki mexnat faoliyati uchun talab qilinadigan 
chidamlilikni maxsus chidam-lilik, boshqa xayotiy sharoitdagi faoliyat uchun lozim bo‘lgan chidamlilikni umumiy 
chidamlilik deyiladi. Bokschining max-sus chidamliligi, futbolchining umumiy chidamliligi degan iboralar dan 
amaliyotda foydalanilmoqda. 
Yugurish, suzish, chanida yurish, qayiq xaydash kabi sport turlarida deyarli barcha muskullar xarakat 
faoliyatida ishtirok etadi. Shuning uchun charchoq ayrim muskullar guruxida xamda organizmning barcha 
muskullarida bo‘lishi chidamlilikni maxsus va umumiyligini keltirib chiqaradi va shakl jixatdan bir xil bo‘lgan 
mashqlarni turli intensivlikda bajarish imkonini yaratadi. Bunda chidamlilik xam turlicha namoyon bo‘ladi. Shuning 
uchun jismoniy mashqlarni bajarishda organizmning charchoqqa nisbatan talabi turlicha bo‘ladi. 
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funksional imkoniyatlari, bir tomondan, lozim 
bo‘lgan xarakat malakalari va texnikani egallanganligi darajasiga boliq bo‘lsa, boshqa tomondan, organizmning aerob 
va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga boliq. Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, 
ular xarakatni tashqi formasiga xam aytarli boliq bo‘lmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi yordamida o‘zini aerob 
imkoniyat-larining darajasini oshirgan shuullanuvchi boshqa xarakat-larni, masalan, eshkak eshish, yurish, 
velosipedda yurish mashq-larni bajarishda xam o‘zining chidamliligidan ijobiy naf oladi. Misol, yurish va 
yugurishdagi xarakatlarning koordina-siyaviy tuzulishi va tezlik, kuch xarakteristikasi ko‘p xollarda turlicha. 
Trenirovka orqali yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni maksimal tezligiga ijobiy yoki sal-biy taosir 
ko‘rsata olmaydi. Yaoni “ko‘chish” yo‘q. Yugurish tezligi yurish tezligini o‘zgarishiga taosir ko‘rsatmagan. Lekin 
uzun masofadagi shuullanganlik bir vaqtni o‘zida yurish bilan yugurishda biri-biriga «ko‘chishi» mumkinligi ilmiy-
amaliy isbotlangan (V.M.Zatsiorskiy va boshqalar). Demak, koordina-siyaviy biri-biriga yaqin bo‘lgan xarakatlarni 
bajarishda sportchi organizmining vegetativ sistemasini funksional imkoniyatini eotiborga olsak umumlashtirilgan 
xolat, shartli aytilganda, “vegetativ” shuulaganlik chidamlilikning “ko‘chi-shi” (o‘tish)ga qulay imkoniyat ochiladi. 
Lekin xar bir xolatda ko‘chish ro‘y bermasligi organizmning energiyasi imkoniyat-lariga, xarakatlarning barcha sifat 
xususiyatlariga talab qo‘y-may, xarakat malakalarining o‘zaro muvofiqlashuvi xarakteriga xam boliq bo‘ladi.
Umumiy va maxsus chidamlilikning aniq vazifalarini xal qilish oir, ko‘ngilga tegadigan darajadagi bir xil va 
eng katta xajmdagi oir ishni bajarishni taqazo qiladi. Charchash toliqishga aylana boshlanganda xam mashqni 
to‘xtatmaslik talab qilinadi. Bu esa ruxiy tayyorgarlikning namoyon bo‘lishi uchun yuqori darajada katta talabni 
qo‘yadi. 
Chidamlilikni rivojlantirish mexnatsevarlikni, katta nagruzkalarga, shuningdek, nixoyatda xorinlik xissiga 
bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan olib boriladi. Sportchilar mashulotda ozmi-ko‘pmi charchoqni xis 
qilsalar-gina, ularda chidamlilik ortib boradi. Bu esa tashqi tomondan chidamlilikning ortib borishida namoyon 
bo‘ladi. Moslashuv o‘zgarishlarning miqdori va qay maqsadga qaratilganligi, tre-nirovka nagruzkalari natijasida 
organizmdagi javob reaksiya-si xarakteri darajasi bilan belgilanadi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin