Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo‘llanila-digan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi:
jismoniy
rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, inson jismining madaniyati, sporti, jismoniy kamolot. Nima
uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan,
jismoniy mashq,
jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb xisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to‘ri aks
ettiradigan barcha tushunchalar o‘z axamiyati jixatidan birdek muximdir, bular to‘risida darslikning tegishli boblarida
to‘xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muxim sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan tushunchalariga
to‘xtaldik xolos.
Jisman rivojlanish inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi – tashqi ko‘rinishini va uning
xizmatining o‘zgarishi jarayonidir.
Rivojlanish davri uch fazaga ajratiladi: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan (barqarorlik) va inson jismi
imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning oboektiv qonunlariga
– organizm va uning yashash
sharoitlarini birligi qonuniga, xizmati va tuzilishining o‘zgarishlarni bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta-
sekinlik bilan miqdor va sifat o‘zgarishlari qonuniga va boshqa qonunlarga bo‘ysunadi. Boshqacha aytganda jisman
rivojlanish oboektiv va biologik qonuniyatlar majmuasidan iborat. Bulardan eng muximi, muxit va organizm rivojla-
nishining bir butunligi qonunidir.
Yuqoridagilarni o‘quvchilarga qo‘llaganimizda, o‘qish sharoiti, mexnat va mustaqil ishlash, dam olishni
xisobga olishga to‘ri keladi. Bularning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga taosir ko‘rsatadi.
Nasldan-naslga o‘tadigan tabiiy-xayotiy kuchlar, inson jismining qobiliyatilari xam jismoniy rivojlanishning
muxim zamini ekanligi, shuning uchun xam yuqori natijalarga erishish xar qaysi shuullanuvchi (individ) uchun nasib
bo‘la-vermasligini, ammo xar qanday shaxs o‘z organizmining jismo-nan rivojlanishiga sidqidildan tizimli maqsadga
muvofiq ravishda muntazam jismoniy mashqlar bilan shuullanish orqali ijobiy taosir eta olishligini eotirof etish lozim.
Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga
to‘ri keladi va butun maktab yoshi davri davomida davom etadi.
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu inson badanining
aozolarini bichimini o‘lchami bo‘lib, shuullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi xaqidagi antropometrik
maolumotlar tarzida ro‘yxatga olinadi.
Jisman rivojlanishning yo‘nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlari va
qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga ko‘p jixatdan boliqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o‘z
jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish
– jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muxim vazifasidir.
Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini xal qiluvchi omilidir. Omillar orasida mexnat bilan tarbiya
jarayonining roli, ayniqsa jismoniy tarbiyaning roli muximdir.
Jisman rivojlanishga erishish uchun «jismoniy tarbiya» deb atalmish maxsus yo‘naltirilgan va tashkil qilingan
faoliyatdan foydalana boshlandi.
Dostları ilə paylaş: