Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

1.3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining
boshqa fanlar bilan boliqligi 
 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas boliq. Xar qanday fan faqatgina 
o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
usuliyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni xal qiladigan predmetga aylangan. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining 
fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport 
pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bolangan. Oldingi yagona, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi 
va usuliyatidan aloxida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlari xam, lekin ularning 
so‘nggi rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy boliqlik namoyon bo‘ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan 
ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to‘ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq 
material vazifasini o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik muxitini o‘z ichiga olgan keng ilmiy 
izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport soxasi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: 
gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning aloxida turlari uchun 
kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, xamma turlar uchun taosir ko‘rsata oladiganlarigina aloxida 
fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishi xam mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun 
umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqish xozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining 
asosiy mazmunini tashkil qiladi. 
Biologiya fani bilan boliqligi – jismoniy tarbiya vositalarini shuullanuvchilar organizmiga taosiri reaksiya-sini 
o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqa-rishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanla-
rining qonuniyatlarini xisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin. 
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan boliqligi bir 
tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya xaqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga taosir etmay 
qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta 
yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin