Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

 
 
 
1-BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSI VA USULIYATI PREDMETI 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxas-sislikka yo‘naltirilgan o‘quv predmeti sifatida 
jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish 
xamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismo-niy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izoxlab beradi va 
umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning 
usuliyatlari xaqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, xayotiy-zaruriy xarakat malakalari va ko‘nikmalari zaxirasini 
boyitadi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti xamisha rivojlanishda va takomillashib boradi. Amaliyot 
natijalari, ilmiy tadqiqot maolumotlari jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha tamoillar va qonunlar 
bilan boyita boradi. Shuning uchun xam jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati predmeti qotib qolgan, o‘zgarmas 
maolumotlardan iborat bo‘lishi mumkin emas. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati ijtimoiy, tabiiy, pedagogika fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati xar qanday xolatda ilmiy pedagogikaning negizi tashkil etuvchi eng umumiy 


qonunlardan, tamoillardan usuliyatlardan foydalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari uchun xam bu qonunlar, 
qoidalar mos keladi va o‘ziga xos maono kasb etadi. 
O‘quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojla-nishiga jamiyat aozolarining jismoniy tayyorgarligini oshi-rish 
mumkinligi xaqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab bo‘ldi. Bu bilan insonning jismoniy 
rivojlanishini boshqarish mumkinligi xaqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mexnat va xarbiy amaliyotda yuqori samara 
berishligi isbotlanadi 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin