JISMONIY TARBIYA O\'QITUVCHISINING INNOVATSION VA PEDOGOGIK FAOLYATI
JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHISINING INNOVATSION VA PEDOGOGIK FAOLYATI Reja: Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari
Jismoniy tarbiyani soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi
Jismoniy tarbiya darsida o’quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi
Boshqa bir qancha sohalarda bo‘lgani kabi jismoniy tarbiya va sportda ham o‘qituvchi–pedagoglarning roli va ahamiyati juda kattadir. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisining profеssional sifatlari tuzilishida tadqiqotchilar quyidagi punktlarni belgilaydilar : 1.Dunyoqarash, ishonch va idеallar, madaniyat darajasini o‘quvchi va talabalarga singdirish va ularda rivojlanishi zarur bo‘lgan axloqiy xususiyatlar;
2. O‘qituvchi tomonidan pеdagogik faoliyatga ijobiy munosabat, shaxsning pеdagogik yo‘nalganligi, pеdagogik moyilliklar, boshqacha aytganda, o‘qituvchining pеdagogik ishga o‘zini baxshida etishga intilishi va bunga barqaror xohish bo‘lishi; 3. Maxsus pеdagogik bilim, malaka va ko‘nikmalarni vosita, usul va jihozlar jamlanmasi yordamida aqlli, yaxshi, abadiy bo‘lishga erishiladi. 4. Pеdagogik qobiliyatlar, ya'ni ta'lim vositalari, usullari va qurollaridan ta'limning maqsadi va auditoriyaga muvofiq holda samarali foydalanish. Shunday qilib, jismoniy tarbiya o‘qituvchisining o‘qitishdagi muvaffaqiyat shaxsning ilg‘or dunyoqarashi, yuqori axloqiy sifatlari, yuksak bilim darajasi, profеssional malaka va ko‘nikmalari, yuqori darajali ijtimoiy madaniyati va pеdagogik yo‘nalganligiga bog‘liq. Shaxsning pеdagogik faoliyat talablariga javob bеruvchi va ushbu faoliyatni egallashdagi muvaffaqiyatini aniqlab bеruvchi pеdagogik qobiliyatdir. Har bir jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yoki pedagog ta'lim oluvchiga pedagogik ta'sir ko‘rsatishni ko‘pgina paramеtrlarga ko‘ra tuzadi: jismoniy va emotsional-ruhiy holat, yoshga oid va madaniy rivojlanishning umumiy darajasi, munosabatlarning shakllanganligi, ma'naviy va aqliy rivojlanish va boshqalar. Pеdagogik ta'sir xaraktеrini ko‘p jihatdan aniqlab bеruvchi pеdagogik tеxnologiya nuqtai nazaridan o‘quvchilarga pеdagogik ta'sir usulini qo‘llashning bir necha qoidalari bor: - jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarga nisbatan talab va hurmatning uyg‘unligi; - har qanday sport mashg‘ulotlarida pеdagogik ta'sirning oldindan tayyorlanganligi; -pedagogik ta’sirni mashg‘ulot oxirigacha olib borish; - ta'lim natijasi uchun mas'uliyatni his qilish qobiliyati; Jismoniy tarbiya va sport sohasida ba yoki boshqa jabhalarda bo‘lsin , ta'lim muvaffaqiyati jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yoki boshqa pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va shaxsiy xususiyatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. O‘qituvchi asosiy omil hisoblanib, kasbiy tayyorgarlik jarayonida talaba va o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda stratеgik rolni bajaradi. Jismoniy tabiya o‘qituvchisi faoliyatining asosiy mazmuni o‘z ichiga bir qancha funksiyalarning bajarilishini oladi: o‘qitish, tarbiyalash, amaliy va nazariy jihatdan sportchilarning natijalarini yuzaga chiqarish, tashkilotchilik va tadqiqotchilik. O‘qituvchi uchun pеdagogik va ilmiy faoliyatni uyg‘unlashtirish xosdir. Tadqiqotchilik ishi uning ichki dunyosini boyitadi, ijodiy potеnsialini rivojlantiradi, ilmiy bilim darajasini oshiradi. Pеdagogik maqsadlar ko‘pincha matеrialni chuqur umumlashtirish va tizimlashtirishga, asosiy fikr va xulosalarni to‘g‘ri ifodalash, aniqlashtiruvchi savolni qo‘yish va farazlar yaratishga olib kеladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, agar pеdagogik faoliyat ilmiy faoliyat bilan mustahkamlanmasa, profеssional pеdagogik mahorat tеz so‘nadi. Profеssionallik pеdagogik vaziyatlarni tahlil qilish asosidagina pеdagogik vazifalarni ko‘rish hamda ularni hal qilishning optimal usullarini topish mahoratida namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining pеdagogik ijodiy o‘ziga xosligi – bu har qanday ijod kabi shaxs bilan mustahkam bog‘liq hodisa. O‘qituvchining mеhnati 3 tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: pеdagogik faoliyat, pеdagogik muloqot, shaxs. Shaxs – mеhnatning asosiy omili, pеdagogik faoliyat va pеdagogik muloqotni, profеssional holatini aniqlovchi bo‘lib hisoblanadi. Pedagogik faoliyat – bu mеhnat faoliyati, pеdagogik muloqot uning iqlimi, atmosfеrasi, shaxs esa o‘qituvchining qadriyatli mo‘ljallari, idеallari, ishining ichki modulidir. Agar pеdagogik tizimga bildirilgan maqsad va vazifalar, mazmun, me’yor, mеzonlar o‘qituvchi va olim faoliyatining tashqi obyеktiv tarkibi hisoblansa, ilmiy pеdagogik faoliyatning yo‘l va usullari alohida subyеktiv xususiyatga ega bo‘ladi. Ularni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llash har bir pеdagogning qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi . Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining tashkilotchilik qobiliyatlari o‘zini, o‘z vaqtini, talabalarning alohida guruhli va jamoaviy faoliyatini tashkil qilish mahoratida, ilmiy muammo atrofida ishonchli yordamchilar, hamfikrlarni birlashtira bilish layoqatida ko‘rinadi. Tashkilotchilik qobiliyati sportchilarning asosiy tarkibiy qismi innovatsion tеxnologiyalarni tadbiq etishda, kichik guruhlarda ish olib borishda yеtakchi hisoblanadi. Kommunikativ tarkibiy qismlar ham o‘qituvchi faoliyatida muloqot qobiliyatini anglatadi va nafaqat ilmiy va pеdagogik kommunikatsiya vositasini, balki faoliyatda profеssionallikni takomillashtirish sharti va sportchilarni rivoljlantiruvchi manbaa hamda talabalarni tarbiyalash vositasi sifatida ko‘riladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy printsiplari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining printsiplari deb ataladigan printsiplarga tayanadi: Bo’lardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko`rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o`t o`chiruvchilar trenirovkasi va hokazo) printsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik.
Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi;
b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish;
v) jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo`naltirish printsipi deb guruhlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini o`tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o`qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo`nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yo`riqchi (ko`rsatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.
Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy printsiplari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining printsiplari deb ataladigan printsiplarga tayanadi: Bo’lardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko’rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o’t o’chiruvchilar trenirovkasi va hokazo) printsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bogliq bo’lib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bogliqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi deb guruhlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini o’tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo’nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yo’riqchi (ko’rsatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.
Jismoniy tarbiyani soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi
Jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirilgan-ligi printsipi shugullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashgul bo’lishida ularni sogligiga javob berish ma’suliyatini o’rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trener-lar, davlat, xalq oldida shugullanuvchilarning sogligiga javob beribgina qolmay, uni mustahkamlashga va takomillashtirishga ham javob beradilar.
Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shugullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto’gri foydala-nish esa shugullanuvchi sogligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sogligini hisobga olish, sistemali vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida yetakchi omildir.
Amalda rejasiz ishlash o’ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning me’yori, bajarish intensivligi, yo’qlamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shugullanuvchi uchun o’ta qimmatga tushishi mumkin.
Shunday hollarga duch kelish mumkinki, sport natija-larini vaqtinchalik o’sishi, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkich-larining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro’siga salbiy ta’sir etadi.
Shu sababli vrach nazorati dalillarini e’tirof etish bilangina cheklanmay, asosiy e’tibor ularning tahliliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.
Jismoniy tarbiyani soglomlashtirish bilan boglab olib borish printsipi vrach, pedagog va shugul lanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi.
Jismoniy tarbiya printsiplari bir-biri bilan o’zaro uzviy bogliqlikni taqazo etadi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bogliqligi uning yetakchi printsipidir. Shu printsipgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, uning ahamiyati jamiyatimiz a’zolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdadir.
2. Jismoniy tarbiya darsida o’quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashg‘ulot davomida o‘qituvchi rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz.
Taolim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvara-kayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruhchalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orqali tashkillaydilar.
1. O‘quvchi faoliyatini tashkillashning frontal usuliyati deganda guruhdagi barcha o‘quvchilarni birvarakayga o‘qituvchi bilan birgalikda bir xil vazifanihal qilish uchun mashqni yoppasiga bajarishi tushuniladi. Bu uslubiyatning afzalligi mashqni bajarish uchun barcha o‘quvchilarni teng qamrab olini-shidir va ularni birvarakayiga band qilishi bo‘lib, dars (mashg‘ulot)da yuqori zichlikka erishiladihamda yuklamani suroati, intensivligi va meoyori barcha uchun bir bo‘lishli-gidadir. Bu uslubiyatdan asosan darsning tayyorlov va yakunlov qismlarida, yangi materialni o‘zlashtirish, takomillashtirish dasrlarida, ko‘proq kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan mashg‘ulot-larda foydalaniladi.
2. O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati. Mashqni bajarish navbatini tushuntirishlarsiz, uslubiy ko‘r-satmalarniharakatni bajarish ritmiga moslab, xatolarni tuzatish uchun guruhni to‘xtatmay, yuqori zichlikka erishish maqsadidaharakat faoliyatini to‘la bajarish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu uslubiyatning afzalligi yuklama meoyorini, unihajmini, intensivligini guruhdagi barcha o‘quvchi uchun (jis-moniy tayyorgarligidan qatoiy nazar) bir xilda bo‘lishligiga erishishdir. Bu bilan sinf, guruh o‘quvchilari umumiy jismoniy tayyorgarligini baholash, ayniqsa, o‘quvchilarning o‘zlari uchun tengdoshlariga nisbatan o‘zharakat imkoniyatlari darajasini taqqoslash, solishtirish imkoniyati yaratiladi. Asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlarihamda yangi materialni o‘zlashtirish boshlangan darsning asosiy qismida ko‘proq foydalaniladi.
3. O‘quv guruhi (sinf)ni guruhlarga ajratish usuliyatining mazmuni jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi, darsda qo‘yilgan vazifalarni turli-tumanligi, unihal qilish uchun lozim bo‘lgan jihozlarnihisobga olish bilan, ko‘p sonli o‘quvchilar guruhini mayda, kichik guruhlarga ajratishdir. U uslubiyatdan asosan darsning asosiy qismida foydalaniladi. O‘quvchi faoliyatini tashkillash, guruhchalarga ajratish uslu-biyati taolim jarayonida jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarliginihisobga olib shug‘ullanish imkoniyatini yara-tadi. Bu o‘z navbatida o‘qitish jarayonini kuchiga yarasha, jismoniy imkoniyatinihisobga olishdek afzalliklarni vujudga keltiradi va taolim jarayoni uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi.har bir guruh o‘qituvchi topshirig‘i bilan mustaqil, alohida vazifanihal qilishga yo‘naltiriladi. Bu uslubiyathar bir guruh uchun rahbarlik vazifasini bajara oladigan, oldindan tayyorlangan, mavzuni texnikasidan xabar-dor, guruhcha faolini tayyorlashni o‘qituvchi zimmasiga yuklaydi.
4. O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyati-dan asosan o‘quv yilining, o‘quv choragining, Davlat standarti dasturidagi bo‘limlarning o‘qitib bo‘lingan mavzularini takrorlash darslarida foydalaniladi. O‘quvchilar faoliyatini yakkama-yakka tashkillash o‘quvchilardan texnik jihatdan maolum nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini va guruhdoshinihavfisizligini taominlay bilish, mashqni ko‘r-sata olish va eng asosiysi o‘zlashtirilayotgan, tanishtirilayotgan, mustahkalanayotgan va takomillashtirilayotgan o‘quv materiali, o‘quvchilar uchun oldindan o‘rgatilgan mashq texnikasi tanish material bo‘lishi shart. Qolaversa ayrim darslardahar bir o‘quvchi uchun o‘quv yilida o‘zlashtirib ulgurmagan mavzular yoki mashqlaridan vazifalar beriladi. Bu usuliyatdan asosan o‘rta va katta maktab yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi.
5. O‘quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati orqali tashkillash asosan yuqori sinf o‘quvchilari bilan, rejalashtirilgan o‘quv materiali o‘rganib ulgurganidan so‘ng, mashqdan-mashqga o‘tish, o‘qituvchining buyrug‘i (signali), signalisiz mashqni bajargandan so‘ng o‘rin almashtirish maqsadida boshqa jihozga o‘tish tarzida tashkillanadi. Bu usuliyatning samaraliligi shundaki, vaqt tejaladi, o‘quvchilarning barchasi birvarakayiga band bo‘ladi, ularda mustaqil shug‘ullanishga ehtiyoj va instruktorlik malakalari shakllanadi. Bu usuliyatning «Kreystring» deb ataladigan to‘rt xil ko‘rinishi mavjud.
O‘quvchilarni mustaqil ishlashi mashg‘ulotlarni tashkillashning alohida shakli sifatidaham, belgilangan vazifalarnihal qilish uchun o‘quvchi faoliyatini tashkillash ususliyati tarzidaham ko‘zga ko‘rinishi mumkin. Mustaqil ishlashni o‘rgatishning asosiy va xususiy maqsadi mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni mustaqil shug‘ullantirilishini tarbiyalash.
O‘quvchining faoliyatidagi mustaqil ishlash malakasining dastlabki belgilari, tashqaridan yordamsiz yoki ahamiyatsiz darajadagi yordam bilan ishlashi orqali namoyon bo‘ladi.
O‘quvchining mustaqilligining darajasi uni yoshiga xos anglashi imkoniyatlari va o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq.
3. Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi
Sport mashguloti ikki yo’nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funktsiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil harakat, ko’nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi.
Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi.
Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir.
Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab turadi.
Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Фзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” тўғрисидаги Қонуни. Баркамол авлод – Фзбекистон тараққиётининг пойдевори. Т., Шарқ, 1997.
2. Фзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида”ги қарори (1999 йил 16 август). Халқ таълими журнали. 1999, № 5.
3. Kаримов И.А. Юксак малакали мутахассислар – тараққиёт омили. Т., Фзбекистон, 1995.
4. Xo‘jaev F. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya. 1997 y.
5. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. o‘quv qo‘llanma, Toshkent., O‘z DJTI, 2005 y