2. Harbiy qism va bilim yurtlari xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari, sport musobaqalari hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.
3. Tashkil etilgan tadbirlarni respublika ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda keng yoritish.
Tarixiy shaxslar va xalq qahramonlari haqida Universitet talabalari orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish.
1. Amir Temur, Pahlavon Mahmud, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk bobokalonlarimizning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kechalar va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish.
2. Ijodiy ishlar tanlovlarini o‘tkazish.
3. El-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish.
4. Universitet talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shu jumladan ularning musiqa, kino, teatr, san’atga qiziqishini oshirish, shuningdek, respublikamiz bo‘ylab turizm obyektlariga tashriflarini amalga oshirish.
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari
Har yili reja asosida
Universitet
(M. Boltabayev),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Turizm va madaniy meros vazirligi
(N. Zikrillayev),
Kinematografiya agentligi
(F. Abduxalikov),
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(M. Xodjimatov)
38.
Keng aholi qatlamlari o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mini-futbol, voleybol sport turlari bo‘yicha “Liga” musobaqalarini tashkil etish.
1. Mini-futbol, voleybol sport turlari bo‘yicha “Liga” musobaqalari to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish hamda keng aholi qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
2. “Liga” musobaqalarini tashkil etish hamda mazkur musobaqalarga 3 000 dan ortiq aholi vakillarini qamrab olish.
3. O‘tkaziladigan musobaqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni respublika ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda e’lon qilib borish.
Ishtirokchilarning mablag‘lari
2022 — 2025-yillar davomida
Universitet
(M. Boltabayev)
39.
Universitet talaba-yoshlari o‘rtasida 5 ta tashabbusga oid turli mavzulardagi onlayn va an’anaviy tanlovlarni tashkil etish.
1. Tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibini shakllantirish hamda tasdiqlash.
2. Tanlovlar nizomlari ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
3. Tanlovlarni o‘tkazish hamda g‘oliblarni taqdirlash.
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari
2022 — 2025-yillar davomida
Universitet
(M. Boltabayev)
40.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qiladigan mahalla fuqarolari yig‘inlari yoshlari uchun 24 ta sport turi bo‘yicha pullik to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularda Universitet bitiruvchilari tomonidan amaliyot o‘tash tizimini joriy qilish.
1. Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi yoshlarning sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash.
2. 24 ta sport turi bo‘yicha to‘garak nizomini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
3. Keng aholi qatlamlari orasida hamda ommaviy axborot vositalari orqali to‘garaklar faoliyati bo‘yicha targ‘ibot ishlarni olib borish.