(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son) Kompetensiyalarni baholash markazi bevosita Kuzatuv kengashi tomonidan boshqariladi hamda uning faoliyati Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Kuzatuv kengashi Kompetensiyalarni baholash markazi faoliyatini samarali tashkil qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi, shu jumladan xorijiy texnologiyalar transferi orqali ilg‘or tajribani joriy qiladi.
Oldingitahrirga qarang. 9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filiali faoliyati tugatilayotganligi munosabati bilan mazkur universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilarini Universitet va uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Institutga jalb qilish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son) 10. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Institut zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
jismoniy tarbiya va sport sohasida, shu jumladan sport biomexanikasi, fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;
aholining yosh xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ilmiy asosda o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish;
sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari (yoshlar, o‘smirlar va kattalar) a’zolarining hamda sport-ta’lim muassasalari sportchi o‘quvchi va talabalarining jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi, funksional holati, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini ilmiy jihatdan o‘rganish, monitoring qilish va istiqbolini belgilash;
ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarining transferi va ularni tijoratlashtirish, startap loyihalarni joriy etish orqali yoshlar, olimlar va professor-o‘qituvchilarni jismoniy tarbiya va sport sohasining ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro va mahalliy tashkilotlarning olimlari, mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar, tanlovlar o‘tkazish.
11. Quyidagilar:
2022 — 2025-yillarda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) 6-ilovaga muvofiq;
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi 7-ilovaga muvofiq;
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kuzatuv kengashi (A. Ikramov) har bir maqsadli ko‘rsatkichga (indikatorga) erishish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin, o‘z yig‘ilishlarida mazkur masalani muhokama qilib borsin.
12. Belgilansinki:
Oldingitahrirga qarang. Yoshlar siyosati va sport vazirligi va uning tizimidagi muassasalar Institutning ishlari va xizmatlari (tovarlari) bo‘yicha asosiy buyurtmachi hisoblanadi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son) sportni rivojlantirish vaziri, zarur hollarda, Institutning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtat birligi va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Institut respublikadagi barcha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tashkilotlar va muassasalar uchun bazaviy ilmiy-tadqiqot tashkiloti hisoblanadi, Kuzatuv kengashi (A. Ikramov) Institutning ilmiy yutuqlari va innovatsion ishlanmalari joylarda amaliyotga jadal tatbiq etilishiga ko‘maklashadi;
Institut direktori sportni rivojlantirish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Oldingitahrirga qarang. 13. Yoshlar siyosati va sport vaziriga: